Page 111 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 111

  suv havzalari sathining kamayishi (38-rasm).
                   Cho‘llanish jarayonining paydo bo‘lishini va kuchayishini o‘z vaqtida aniqlash
            uning yanada kuchayishining oldini olishda o‘ta muhim amaliy ahamiyatga egadir.
            Ushbu maqsadlar uchun odatda cho‘llanish jarayonlari indikatorlaridan foydalaniladi.






































              38-rasm. Yerlardan nooqilona foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan cho‘llanish
                                               jarayonining turli tiplari

                   Cho‘llanish jarayonining indikatorlari:
                     tuproq  gruntlarining sho‘rlanish darajasi;

                     daraxtlar  qalinligi  yoki  ular  turlarining  o‘zgarishi  -       bu  yerda  asosan
            o‘simlik formatsiyalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
                   V.R.Vilyams bo‘yicha o‘simlik formatsiyalari quyidagi tiplarga ajratiladi:
                     yog‘ochsimon o‘simliklardan  iborat ignabargli va bargli o‘rmonlar;
                     o‘tsimon o‘simliklar;
                     cho‘l o‘simliklari (kovil, betaga, jitnyak, sariq beda, efemer o‘simliklar va
            boshqalar);
                     dasht o‘simliklari (saksovul, pista va boshqa efemer o‘simliklar).
                   Cho‘llanish  indikatorlarini  aniqlashda  O‘zbekistonning  arid  sharoitlari  uchun
            qishloq xo‘jaligi yerlaridan (sug‘orma yerlar, yaylovlar va pichanzorlar, lalmi yerlar,
            muhandislik  qurilishi  ob’ektlari  va  boshqalardan)  foydalanish  toifalarini  o‘rganish
            maqsadga  muvofiq.  Chunki  aynan  tabiiy  resurslardan  foydalanish  turi  ularning
            xususiyatini  belgilab  beradi.  Boz  ustiga,  muayyan  komponentlar  o‘zgarishi
            boshlanishi  munosabati  bilan  insonning  tabiatga  ko‘rsatadigan  ta’siri  natijasida
            odatda  ular  bilan  bog‘liq  cho‘llanish  belgilari  paydo  bo‘ladi.  Alohida  belgilarning

                                                           111
   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116