Page 112 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 112

paydo  bo‘lishi  mahalliy  uchastkalarda  cho‘llanish  jarayoni  boshlanganidan  darak
            berishi aniqlangan. Vaqt o‘tishi  bilan ushbu  jarayon  asta-sekin kengayib  borib,  bir
            yoki ikkita konturaga birlashadi.
                   Amudaryo deltasida cho‘llanish jarayonining boshlanishi va kuchayishini yoki
            uning  intensivligini  belgilab  beruvchi  bir  guruh  indikatorlarni  kuzatish  mumkin.
            Bunda  indikatorlarning  xossa-xususiyatlari  bo‘yicha  cho‘llanish  jarayonini
            bosqichma-bosqich  kuchayib  borishini  farqlash  mumkin.  Xususan,  turli  darajada
            rivojlanayotgan  cho‘llanish  jarayonidan  darak  beruvchi  indikatorlar  sifatida
            gidromorf, yarimgidromorf va avtomorf tuproq tiplarini uchratish mumkin. Xususan,
            daryo  oqimlari  chetidagi  o‘tloqi-taqir  va  o‘tloqi-taqir  to‘qay  tuproqlarida
            taqirlashishni  paydo  bo‘lishi  va  kuchayishi  tegishli  tabiiy  shart-sharoitlar  mavjud
            bo‘lgan  alohida  uchastkalarda  taqirsimon  tuproqlar  paydo  bo‘lishidan  darak  beradi
            (10 metrdan 40 metrgacha, ya’ni grunt suvlar sathining 5-7 metrga pasayishi, biroz
            pasaygan  tekis  relef,  asosan  og‘ir  mexanik  tarkibli  gruntlardan  hosil  bo‘lgan).
            Amudaryo  deltasida  taqirga  aylanish  jarayonining  paydo  bo‘lishi  va  asta-sekin
            tarqalishi  yarimgidromorf  tuproqlarda  yaqin  kelajakda  avtomorf  tuproqlar  keng
            miqyosda tarqalishidan darak beradi.
                   Relef  shakllari,  yotqiziqlarning  litologik  tarkibi,  yer  ustki  va  ostki  suvlari,
            tuproq va o‘simlik qoplamasi hamda barcha tabiiy jarayonlar cho‘llanish jarayonini
            belgilovchi indikatorlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq aniq shart-sharoitlarga
            qarab  ular  orasida  birortasi  yetakchi  ko‘rsatkich  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  Orol
            dengizining  qurib  qolgan  qismida  o‘simlik  qoplamasi  cho‘llanishning  yetakchi
            indikatori  hisoblanadi.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  o‘simlik  qoplami  bilan  bir  qatorda
            tuproq  qoplami  ham  cho‘llanish  jarayonining  paydo  bo‘lishining  belgilab  beruvchi
            omili bo‘lib xizmat qiladi. Umuman olganda ushbu ikki indikator bir-birini to‘ldirib
            borishi  mumkin,  ular  qishloq  xo‘jaligi  yerlari  degradatsiyasi  intensivligining

            yo‘nalishini tasdiqlaydi.
                   Cho‘l  yaylovlarida  o‘simlik  holati  yetakchi  indikator  hisoblanadi.  Shu
            paytgacha  uchramagan  yangi  turlar  paydo  bo‘lishi  yaylovlarning  keskin
            degradatsiyasidan  darak  bersa,  qoniqarsiz  holat  ularning  unumdorligi  asta-sekin
            yomonlashib  borayotganidan  dalolat  beradi.  Haqiqatdan  ham,  ayniqsa  quduqlar
            (boshqa  suv  manbalari)  oldida  ortiqcha  mol  o‘tlatilsa,  yaylov  o‘simlik  butkul  yeb
            tashlanishi va toptab tashlanishi natijasida kuchli degradatsiyaga duchor bo‘ladi. Shu
            sababli ushbu uchastkalar yaylovlarining unumdorligi ko‘p jihatdan past (0 s/ga dan
            0,5 s/ga gacha), yeb bo‘lmaydigan o‘tlar va butalar ko‘p. Bu yerda avval tarqalmagan
            begona o‘tlar ko‘paya boshlaydi. Shamol ta’sirida paydo bo‘lgan relefda qumtepalar
            (ayniqsa quduqlar oldida) ko‘pchilikni tashkil qiladi.
                   Asosan  qishloq  xo‘jaligi  yerlari  va  tuproq  qoplamasi  xususiyati  sug‘orma
            yerlar degradatsiyasining indikatorlari bo‘lib xizmat qiladi. Sho‘rlangan dog‘li paxta
                                                                            2
            maydonlari (paxta butalari qalinligi 5-6 donagacha, 1 m ga va kamayadi va ular juda
            nimjon  bo‘ladi)  cho‘llanish  kuchayadigan  ob’ektlar  hisoblanadi.  Tegishli  chora-
            tadbirlar  ko‘rilmasa,  dog‘lar  bir-biriga  qo‘shilib  ketib,  katta  uchastkalarni  qamrab
            olishi mumkin, bu esa cho‘llanishga duchor bo‘lgan maydonlarning keskin ravishda
            kengayib  ketishiga  olib  keladi.  Bunda  ko‘pincha  kuchsiz  va  o‘rtacha  sho‘rlangan
            uchastkalarda, garchi o‘simliklar qalinligi normal holatga yaqin bo‘lsa-da, umumiy
                                                           112
   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116   117