Page 113 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 113

holati  qoniqarsiz  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  holatda  g‘o‘za  va  sholining  umumiy
            holati indikator bo‘lib xizmat qiladi.
                   Jarayonlarni prognozli indikatsiya qilish eng muhim shakl bo‘lib, ko‘p jihatdan
            retroindikatsion  va  bosqich-sinxron  indikatsion  tadqiqotlar  natijalariga  asoslanadi.
            Amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan prognoz indikatsiya kelajakda cho‘llanish jarayonlari
            kuchayishi mumkinligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun ularning oldini
            olish  bo‘yicha  avvaldan  chora-tadbirlar  ko‘rish  zarur.  Biroq  indikatorlar  sifatida
            qo‘llash  uchun  kamida  ikkita  yoki  uchta  yetakchi  tabiiy  omillardan  foydalanish
            maqsadga muvofiq. Bu esa bir-birini to‘ldirib boradigan indikatorlarni qo‘llash yo‘li
            bilan jarayonlar kuchayishini taxmin qilish natijalarini tasdiqlash imkonini beradi.
                   Bu borada indikatorlar sifatida relef shakllari, yotqiziqlarning litologik tarkibi,
            yer ustki va ostki suvlari, tuproq qoplamasi holati, uning suvli va tuzli rejimi hamda
            boshqa xususiyatlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
                   Cho‘llanish jarayoni rivojlanishining asosiy sabablariga quyidagilarni kiritish
            mumkin:
                   Suv  tanqisligi  –  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  va  boshqa  o‘simliklarning  normal
            holatda o‘sib rivojlanishida biologik talabini qondirish uchun kerak bo‘ladigan suv
            resurslarini  yetarli bo‘lmasligi.
                   Qurg‘oqchilik – yil davomida yuqori havo hararoratida yog‘inlar miqdorining
            yetarli bo‘lmasligining uzoq muddatli davrida.
                   Iqlimning  aridlashishi  –  havo  harorati  va  parlanishning  oshishi,  yog‘inlar
            miqdorining  kamayishi,  namlanish  koeffitsientining  pasayishi  hisobiga  iqlimning
            quruqlashishi.
                   Biologik  nobud  bo‘lish  –  suv  bilan  ta’minlanishning  buzilishi,  tuproq
            gruntlarida  va  atmosferada  zararli  toksik  moddalar  oshishi  natijasida  o‘simlik
            dunyosining keskin nobud bo‘lishi.

                   Drenaj  sistemalarining  yetarli  bo‘lmasligi  –  yerlarning  o‘zlashtirish  va
            sug‘orish jarayonida ikkilamchi sho‘rlanish va grunt suvlari sathining ko‘tarilishini
            oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘tkazilmasligi.
                   Hozirgi  kunda  cho‘llanish  jarayoni  tabiiy  va  antropogen  omillarning  o‘zaro
            murakkab  aloqadorligi  natijasida  yuzaga  kelishi  kuzatilmoqda  (Natsionalnaya
            programma deystviy po borbe s opustыnivaniem v Respublike Uzbekistan, 1999).
                   Cho‘llanishning  tabiiy  omillari.  Iqlim  omillari  cho‘llanish  jarayonlari
            kuchayishiga ko‘maklashuvchi eng sezilarli harakatlanuvchi tabiiy kuchlar qatoriga
            kiradi.  Quyosh  radiatsiyasining  ko‘pligi,  havo  haroratining  yuqoriligi,  atmosfera
            yog‘inlarining  kamligi  va  namlikning  o‘ta  taqchilligi  arid  mamlakatlarda
            qurg‘oqchilikni keltirib chiqarib, o‘ziga xos iqlim shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi.
            Iqlimning quruqligi cho‘l-dashtlarda deflyatsiya yoki tuproqlarning shamol eroziyasi,
            tuproqlar  sho‘rlanishi  va  ulardagi  gumus  miqdorining  kamayishi  kabi  salbiy
            jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi (Kovda, 1981, 1984; Gunin, 1990).
                   Cho‘llanishning  boshqa  iqlim  omillari  orasidan  arid  hududlarga  xos  faol
            shamol  rejimini  aytib  o‘tish  mumkin.  Kuchli  shamol  deflyatsiya  jarayonining
            faollashuviga,  shuningdek  tuproqning  ustki  unumdor  qismini  uchirib  ketilishiga
            ko‘maklashadi.


                                                           113
   108   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118