Page 114 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 114

Bir  qator  gidrogen  omillar  tabiiy  cho‘llanishning  asosiy  sabablaridan  biri
            hisoblanadi. Bularga misol qilib grunt suvlarining joylashish chuqurligi va            ularning
            mineralizatsiyasini  keltirish  mumkin.  Atmosfera  yog‘inlarining kamligi tufayli  arid
            hududlarning  ko‘pchilik  qismidagi  tarqalgan  (qiyalik)  yuzaki  oqim  juda  past
            ko‘rsatkichlar  bilan  ifodalanadi.  Oqibatda  tuproqlarning  yuqori  gorizontlari  quruq
            bo‘ladi  va  bu  o‘z  navbatida  tuproq  gumusining  oshishini  cheklovchi  omil
            hisoblanadi.
                   Arid  mintaqalarga  xos  yuqori  bug‘lanish  grunt  suvlar  minerallashuvining
            yuqori  darajasini  belgilab  beradi.  Arid  hududlarning  ko‘pchilik  qismida  yuqorida
            joylashgan suvlarning minerallashuvi miqdori va chuqurroq joylashgan grunt suvlar 3
            g/l  dan  ortadi.  Ushbu  holat  ularning  chuqur  joylashmaganligi  bilan  qo‘shilib
            tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. 5 metrdan past chuqurlikda joylashgan joylarda
            tuproq-gruntlar yuqori gorizontlarining quruqligi deflyatsiya jarayonlari kuchayishiga
            sabab bo‘ladi.
                   Arid  hududlar  katta  qismining  kuchli  eroziyalanishida  kuzatiladigan  yer
            yuzasining katta qiyaligi ham cho‘llanishning muhim omili hisoblanadi. Ko‘pchilik
            cho‘llarga  xos  bo‘lgan  rel’efning  yuqori  gorizontal  va  vertikal  eroziyalanishi  –
            tuproqlarda suv eroziyasi kuchayishining asosi hisoblanadi.
                   Tuproqlar xususiyatlari bilan aniqlanadigan omillar ham cho‘llanish jarayonlari
            kuchayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq-gruntlar yuqori gorizontlarining yumshoqligi
            qumli cho‘llarning o‘zgarmas belgisi bo‘lib, deflyatsiya jarayonlari kuchayishiga asos
            bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pincha delta-allyuvial tekisliklarda tuproqlarning yuza yoki
            chuqur  bo‘lmagan  sho‘rlanishi  ularni  sho‘rhok  cho‘llarga  aylantirib  yuborishi
            mumkin.
                   Fitogen omillar cho‘llangan yerlar maydonining potensial kattalashishiga juda
            keng  ko‘lamli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ular  asosan  arid  landshaftlarga  xos  o‘simlik

            qoplamasi siyraklashishi orqali namoyon bo‘ladi. Maydon bo‘ylab o‘simliklar ko‘p
            tarqalganligi  sababli  yovvoyi  va  qishloq  xo‘jaligi  hayvonlari  yerosti  fitomassasini
            imkon qadar to‘liqroq utilizatsiya qilishlariga to‘g‘ri keladi, bu esa katta hududlarda
            o‘simlikning  jiddiy  payhon  qilinishiga  olib  keladi.  Bu  tuproqlar  yuzasida  o‘simlik
            to‘planishiga  va  gumusli  gorizontni  hosil  bo‘lishiga  to‘sqinlik  qiladi.  O‘simliklar
            siyrakligi bilan bog‘liq tuproqlarning ham suv, ham shamol bilan past qoplanganligi
            tuproq eroziyasi kuchayishiga bo‘sh qarshilik ko‘rsatadi. Boshqa fitogen omil – arid
            hududlarning  past  mahsuldorligi  ham  hayvonlarning  yuqori  hosildor  ekinlarga
            nisbatan yaylovlarning katta maydonini aylanib o‘tishiga olib keladi. O‘simliklarning
            yerosti  organlarining  haddan  ortiq  utilizatsiyasidan  tashqari  bu  yuqori  gorizontlar
            tarqalishiga,  deflyatsiya  kuchayishiga  olib  keladi  va  tuproqlar  gumusini  oshishiga
            to‘sqinlik qiladi.
                   Cho‘llanishning  zoogen  omillari  kemiruvchilarning  faoliyati  va  chigirtka
            migratsiyasi kabi uning salmoqli sabablarini birlashtiradi. O‘z koloniyalarini yaratib,
            kemiruvchilar  tuproqlarning  shamol  eroziyasi  faollashuvini  kuchaytirib,  tuproq-
            gruntlarni  yumshatadi.  Qiya  yuzalarda  hayvonlar  uyalari  suv  eroziyasini
            kuchaytiradigan  o‘choqlar  hisoblanadi.  Cho‘l  hududlarda  onda-sonda  kuzatiladigan
            chigirtka  migratsiyasi  ham  hududlarning  cho‘llanishiga  o‘z  hissasini  qo‘shadi.
            Bunday  chigirtkalarning  ulkan  to‘dasi  bosganidan  keyin  katta  hududlarda  o‘simlik
                                                           114
   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119