Page 115 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 115

qoplamasi  butkul  yo‘q  qilinadi.  O‘simliklarning  payhon  qilinishi,  o‘z  navbatida,
            tuproqlar  shamol  va  suv  eroziyasining  kuchayishiga  tahdid  soladi  (Natsionalnaya
            programma deystviy po borbe s opustыnivaniem v Respublike Uzbekistan, 1999).
                   Cho‘llanishning antropogen omillari. Cho‘llanishdagi  ilmiy-texnik  jarayonning
            hozirgi bosqichida ko‘pchilik holatlarda tabiiy emas, balki antropogen omillar, ya’ni
            inson  faoliyati  sohasi  belgilab  beruvchi  ahamiyatga  ega.  Cho‘llanish  jarayonlariga
            ta’sir  ko‘rsatuvchi  jamiyat  faoliyatining  barcha  turlarini  bir  qancha  guruhlarga
            birlashtirish mumkin, bular: iqtisodiy, ijtimoiy va yuridik turlar (Kovda, 2008).
                   Iqtisodiy  omillar  cho‘llanish  jarayonlariga  eng  qattiq  ta’sir  o‘tkazadi.
            Cho‘llanishning  chuqurlashishiga  ko‘maklashuvchi  ko‘p  sonli  salbiy  oqibatlar  arid
            hududlarni  o‘zlashtirish  va  ulardan  foydalanishning  oqilona  bo‘lmagan  metodlari
            qo‘llanilishiga  olib  keladi.  Foydali  qazilma  boyliklarni  qidirish  va  qazib  olishning
            zarur tarzda tashkil etilmasligi cho‘l tabiatiga katta zarar yetkazadi.
                   Qumli  va  mayda  toshli  cho‘l  sharoitlarida  hudud  bo‘ylab  geologik  tadqiqot
            texnikasi  tartibsiz  harakatlanishi  katta  hududlarda  tuproq-gruntlarning  yuqori
            gorizontlarini qattiq payhon qiladi, bu esa tuproq qoplamasi xavfsizligiga salbiy ta’sir
            ko‘rsatadi. Bu yerda tuproqlar deflyatsiyasi va suv eroziyasi jarayonlari kuchayadi,
            gumusli  qatlam  yo‘q  qilinadi.  Foydali  qazilmalar  konlarini  ishlab  chiqish  sanoat
            korxonalari,  aholi  punktlari  va  transport  magistrallari  tarmoqlari  (turli  yo‘llar,
            quvurlar,  elektr  liniyalari)  bilan  texnogen  landshaftlarning  kengayishiga
            ko‘maklashadi.  Harakatlanadigan  texnika  va  avtotransport  bu  yerda  tuproqlar
            eroziyasi  o‘choqlari  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi.  Sanoat  komplekslari  va  aholi
            punktlari atrofidagi katta maydonlarda cho‘l-dasht landshaftlari sanoat chiqindilari va
            maishiy  axlatlar  bilan  ifloslanadi.  Texnogen  landshaftlar  va  ularning  ta’siriga
            uchragan  tutash  sferalar  tabiiy  ekotizim  maydonini  kamaytiradi,  bu  esa
            o‘zlashtiriladigan hududlarda bioxilma-xillikning kamayishiga olib keladi.

                   Qishloq  xo‘jaligi  mintaqalarida  tuproqlar  va  ekinlarga  ishlov  berishning
            agrotexnik  usullariga  tegishlicha  rioya  qilmay  yerlarni  o‘zlashtirish  va  sug‘orish
            ularning  sho‘rlanishiga  va  xo‘jalik  aylanmasidan  chiqishiga  olib  keladi.  Arid
            mintaqalarda  joylashgan  ko‘pchilik  irrigatsiya  massivlarida  oqilona  bo‘lmagan
            qishloq xo‘jaligi yuritish usullari qo‘llanilishi natijasida tuproqlarning shamol va suv
            eroziyasi  kuchayadi.  Sug‘orma  yerlar  chetida  kollektor-drenaj  suvlar  tashlanadigan
            yopiq  pastlikda botqoqlashish  va  tuproqlarning  sho‘rlanishi kabi  cho‘llanish turlari
            kuzatiladi.
                   Irrigatsiyaning      va    daryo      oqimlarini     tartibga     solishning     oqilona
            rivojlanmaganligi  20-25  yil  ichida  atrof muhitda  tubdan  o‘zgarishlarga  olib  kelishi
            mumkin.  Sug‘orishning  oqilona  bo‘lmagan  usullari  salbiy  oqibatlari  daryo  etaklari
            tabiatiga  ta’sir  o‘tkazadi,  u  yerda  daryo  vodiylari  va  deltalarning  gidrologik  rejimi
            tubdan  o‘zgaradi,  botqoq  va  maysalar  qurib  qoladi  va  cho‘llanish  natijasida  ulkan
            hududlarda yem-hashak tayyorlash keskin kamayadi, oqibatda, qoramollar bosh soni
            kamayadi.
                   Arid  zonalarning  yaylov  massivlarida  ortiqcha  mol  o‘tlatish  cho‘llanishning
            bosh  omili  hisoblanadi.  O‘simlik  qoplamasining  siyrakligi  va  cho‘l-dasht
            fitotsenozlari  mahsuldorligining  pastligi  o‘tlaydigan  hayvonlar  tomonidan
            o‘simlikning  keskin  payhon  qilinishi  va  keng  hududlarda  uning  degradatsiyaga
                                                           115
   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119   120