Page 116 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 116
uchrashi sabablari hisoblanadi. Yaylovlarning past darajada suv bilan
ta’minlanganligi, cho‘l-dashtlardagi quduqlarning juda kamligi bu jarayonni keskin
og‘irlashtiradi. Quduqlardan 2-3 km masofadagi radiusda cho‘llarning ildizli
o‘simligi ortiqcha mol o‘tlatish natijasida kuchli o‘zgarishga uchraydi, ular atrofidagi
yarim kilometrda yaylovlikdan to‘liq chiqib ketadi. Bu yerda gumusli gorizont yo‘q
bo‘lib ketadi, deflyatsiya jarayonlari kuchayadi va barxan qumlar paydo bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlari ortiq darajada o‘tlatilgan mintaqalarda fitotsenozlardagi
o‘simlik turlari soni 2-4 marta kamayadi. To‘kilayotgan o‘simliklar noyob va yo‘q
bo‘lib ketayotgan turlardan iborat bo‘ladi, bu esa cho‘l-dasht bioxilma-xilligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu yovvoyi va qishloq xo‘jaligi hayvonlari o‘rtasida muayyan
raqobat borligi tufayli yuz beradi.
Shuningdek, ijtimoiy omillar ham cho‘llanish jarayoni kuchayishida muhim rol
o‘ynaydi. Cho‘l oldi va ayniqsa cho‘lli mintaqalar aholisi har xil yoqilg‘i turlari
(ko‘mir, gaz) bilan yetarlicha markaziy tartibda ta’minlanmaganligi aholini atrofdagi
hududlardan o‘tin tayyorlashga majbur qiladi. Bunda cho‘l-dashtlarning nafaqat katta
hajmdagi daraxt va butazorlari, balki yarim butalari (shuvoqlari) yo‘q bo‘ladi.
Ko‘pincha butalarni traktorlarda kovlab olish holatlari kuzatiladi. Tuproqni himoya
qiluvchi funksiyani o‘zida mujassam etgan cho‘l daraxtzor va butazorlarining yo‘q
qilinishi deflyatsiyaga va hudud qurishining kuchayishiga olib keladi. Daraxt va
butalar bilan senotik bog‘langan ko‘plab boshqa o‘simliklar o‘simliklar dunyosidan
yo‘qoladi, bu orqali cho‘llarning biologik xilma-xilligiga zarar yetkaziladi.
Jamiyatning tegishlicha tashkil etilmagan rekreatsion faoliyati ham
cho‘llanishning ancha jiddiy omiliga kiradi. Cho‘l oldi va cho‘l mintaqalari qishloq
va ko‘proq shahar aholisining tartibsiz sayrga chiqishi, ayniqsa bahor faslidagi
ommaviy sayrlar natijasida qo‘ziqorinlar, yovvoyi gullar, estetik jihatdan qimmatli
o‘simliklar nazoratsiz teriladi hamda hayvonlar tahlikali hayot kechirayotgan vaqtda
ular bezovta qilinadi. Buning natijasida biota tarkibi turlari kamayadi hamda
hayvonlar va o‘simliklarning noyob va qimmatbaho turlarini yo‘qolishiga sabab
bo‘ladi. Eng o‘ziga tortadigan va shu sababli rekreatsion jihatdan eng mashhur va eng
ko‘p tashrif buyuriladigan landshaftlarda bir necha yillik sayyohlikdan keyin o‘simlik
qoplamasi degradatsiyasi boshlanadi va deflyatsiya jarayonlari kuchayishi
faollashadi.
Yuridik yoki huquqiy omil antropogen cho‘llanishning ko‘p narsani o‘z ichiga
olgan omili hisoblanadi. Yer, suv, foydali qazilmalar, o‘simlik, hayvonot olami,
tabiatni asrash to‘g‘risida puxta qonunlarni, ekologik yo‘naltirilgan boshqa yuridik
hujjatlarni ishlab chiqishni va ularning qat’iy bajarilishini nazorat qilishni o‘z ichiga
olgan cho‘llarda tabiatdan foydalanishning huquqiy jihatlari antropogen cho‘l
maydonlari kamayishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega (Natsionalnaya programma
deystviy po borbe s opustыnivaniem v Respublike Uzbekistan, 1999).
Yaylovlarda o‘simlik qoplamasi degradatsiyasi. Arid hududlarga o‘tkaziladigan
antropogen ta’sirlar tezligi landshaftlarning o‘zini tiklash qobiliyatidan ortiq bo‘lgan
vaqtdan boshlab cho‘llanish jarayoni boshlanadi.
Quyidagilar o‘simlik qoplamasi degradatsiyasining asosiy sabablari
hisoblanadi:
intensiv mol o‘tlatilishi;
116

