Page 117 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 117
sug‘orish uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish;
o‘tin uchun yog‘och va buta kesish;
yerlarni minerallashgan suvlar bilan sug‘orish, ortiqcha sug‘orish, takroriy
sho‘rlanish, tayyorlanmagan yerlardan foydalanish, cho‘llanish zonasi pastligiga
kollektor-drenaj suvlar tashlash va hokazo (39-rasm).
39-rasm. Yaylov o‘simlik qoplamasining degradatsiyaga uchrash jarayonlari
Turli tabiiy-hududiy komplekslar uchun yaylov fitomeliorantlarni
tabaqalashtirib saralab olishni nazarda tutuvchi fitomeliorativ ishlar o‘tkazish orqali
cho‘llanish kuchayishining oldini olish, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash
mumkin. Har xil turlarning cho‘l hududlarining edafik shart-sharoitlari
xususiyatlariga chidamliligiga muvofiq fitomeliorantlar saralanadi (sur-qo‘ng‘ir
gipslashgan, sho‘rxok, har xil quvvatdagi qumli cho‘l taqir va tuproqlarning boshqa
tiplari va turlari).
Janubi-G‘arbiy Qizilqumda o‘tkazilgan ishlar shuvoq, qora saksovul va boshqa
turdagi o‘simliklar ekib, fitomelioratsiya qilishda yaylovlar mahsuldorligi bir necha
baravar oshishini ko‘rsatdi.
Yaylovlardan navbati bilan to‘g‘ri foydalanish o‘simliklarning tur tarkibini
o‘zgartirib yuborishi va har xil turdagi o‘simliklarning xo‘jalik nuqtai nazaridan
foydali uyg‘urligini ta’minlashi mumkin. Biroq ortiqcha mol o‘tlatilishi yengil qumli
tuproqning haddan ortiq payhon bo‘lishiga, barxanlar paydo bo‘lishiga, muntazam
kemirilishi natijasida o‘simliklarga azob berilishiga va yangi ko‘karib chiqqan ekinlar
yo‘q qilinishiga olib keladi. Bahorgi-yozgi bir xil vaqtda har yili payhon bo‘lish
o‘simlik qoplamasi degradatsiyasiga olib kelishi muqarrar. Bunda ildiz fitotsenozi
dastlab yirik maysali butaga almashadi. Qum qiyog‘i yoki qumlarni
mustahkamlovchi loyqa to‘liq chiqib ketadi va yalang‘ochlangan qumloq dog‘ paydo
bo‘ladi.
Cho‘l-dashtlardan nooqilona foydalanish, o‘simlikka boy bo‘lmagan bir xil
yaylovlarda sug‘orma ekin zonalariga yaqin joyda mol o‘tlatish va yem-xashak hosili
yo‘qoladigan cho‘llarning chuqur massivlari yaylovlar yomonlashishi sabablari
hisoblanadi. Yaxshi mustahkamlangan maydonlarda uzoq vaqt mol o‘tlatilmasligi
ham maysalarga noqulay ta’sir o‘tkazadi va 4-5 yil dam berilgandan keyin hosil 20
foizga pasayishi mumkin. Quduq va konlar atrofidagi yaylovlarga katta bosim
117

