Page 118 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 118

o‘tkaziladi.  2-8  km  radiusda  tuproq  butunlay  yalang‘ochlanadi.  Aholi  punktlari
            atrofida  o‘tin  uchun  o‘simliklar  jadal  yo‘q  qilinadi.  Koinotdan  olingan  suratlarda
            aholi punktlari, quduqlar va konlar atrofidagi cho‘llangan oq dog‘lar aniq ko‘rinadi.
            Minerallashgan  suv  o‘z-o‘zidan  otilib  chiqadigan  quduqlar  tuproq  faol
            degradatsiyaga uchraydigan zona hisoblanadi. Haddan ortiq shuvoq, singren, partek
            va boshqa dorivor o‘simliklarni tayrlash salbiy ta’sir o‘tkazadi.
                   Oxirgi  15-20  yilda  yaylovlar  degressiyasi  natijasida  ularning  ildiz  hajmi
            yo‘qolib  boradi.  Kemiruvchilar  yaylovlarda  uy  hayvonlarining  jiddiy  raqiblari
            hisoblanadi,  ular  ildizpoya  va  urug‘ni  yeb  hamda  tuproqning  yuzaki  qismiga  zarar
            yetkazib,  yem-xashak  massasining  50  foizini  yo‘q  qilishi  mumkin.  O‘tlatish
            normasiga  rioya  qilgan  holda  yaylovlardan  navbati  bilan  to‘g‘ri  foydalanish  (bir
            qo‘yga 6-6,2 ga) va yem-xashakni to‘g‘ri bosish yaylovlarda o‘simliklarning foydali
            uyg‘unlashuvini  qo‘llab-quvvatlash,  uni  yaxshilash  va  boyitish  imkonini  beradi
            (Natsionalnaya  programma  deystviy  po  borbe  s  opustыnivaniem  v  Respublike
            Uzbekistan, 1999).
                   Suv resurslari, sug‘orma hududlar suv-tuz rejimi o‘zgarishi. Cho‘llanishning bir
            qancha  jarayonlari  muhim  muammolari  sifatida  suv  resurslarining  taqchilligi  va
            sifatining yomonlashishini ko‘rsatish zarur.
                   Suv  resurslari  taqchilligi  kollektor-drenaj  suvlar  hisobiga  qoplanadi.  Orol
            dengizi havzasining arid zonasidagi qaytariladigan kollektor-drenaj oqimning deyarli
            yarmi  daryo  va  kanallar  o‘zaniga  qayta  tashlanadi  va  quyida  joylashgan  zonalarda
            qaytadan  foydalaniladi.  Natijada  daryo  oqimida  suvning  minerallashuvi  va  uning
            zaharli kimyoviy preparatlar bilan ifloslanishi 60-90-yillarda xavfli darajada ortdi.
                   Sirdaryo va Amudaryo oqimida tuzlarning umumiy hajmi 60-yillar o‘rtalarida
            55-60  mln.  tonna  atrofida  baholangan  bo‘lsa,  90-yillar  o‘rtalarida  135-140  mln.
            tonnaga  yetdi.  Natijada,  sug‘orma  massivlarda,  ayniqsa  daryoning  o‘rta  va  quyi

            oqimida tuz bosimi bu davrda deyarli ikki baravar ortdi. Tuproqlar unumdorligi va
            haydaladigan  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  hosildorligi  pasaydi.  Hozirgi  vaqtda
            mamlakatda cho‘llanishning ushbu salbiy jarayonlariga qarshi kurashishning samarali
            chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.
                   Ko‘chma  qumlar  –  deflyatsiya  o‘choqlari.  Respublika  hududidagi  qumlarning
            umumiy  maydoni  taxminan  13  mln.  gektarni  tashkil  etadi.  Qo‘zg‘aladigan  qumlar
            maydoni  80-yillar  o‘rtalariga  kelib  o‘tkazilgan  qumni  mustahkamlash  va  boshqa
            chora-tadbirlar  natijasida  1  mln.  gektardan  500  ming  gektargacha  kamaydi.  Biroq
            Orol dengizining qurib qolishi munosabati bilan Orolbo‘yida cho‘llanishning yangi
            yirik o‘chog‘i hosil bo‘ldi.
                   Respublikaning  cho‘l  mintaqalariga  tutash  hududining  katta  maydonlariga
            azal-azaldan  ko‘chma  qumlar,  chang  bo‘roni  va  quruq  issiq  shamol  xavf  soladi.
            Quyidagilar azal-azaldan qumlar deflyatsiyasi xavfi ostida bo‘lgan asosiy zonalarga
            kiradi: Amudaryo deltasi, Qizilqum cho‘liga tutash Xorazm viloyati mintaqalarining
            bir  qismi;  Buxoro  viloyatining  Sundukli  qumlariga  tutash  Olot,  Qorako‘l,  Jondor,
            Kogon,  Rometan,  Qoravulbozor  mintaqalari;  Qashqadaryo  viloyatining  Muborak,
            Bahoriston, Nishon, Usmon Yusupov mintaqalari, ushbu yerlar ham Sundukli cho‘li
            bilan  chegaradosh;  Qizilqumga  tutash  Arnasoy,  Paxtakor,  Mirzacho‘l  mintaqalari.


                                                           118
   113   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123