Page 119 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 119

Ko‘chma qumlarning mayda past-baland o‘choqlari Qizilqum cho‘li va Surxondaryo
            viloyatida ham mavjud.
                   O‘zbekiston hududining cho‘llanishi bilan birga qumlarning ko‘chish jarayoni
            alohida  xavf  uyg‘otadi.  Nafaqat  aholi  zich  yashaydigan  mintaqalar  uyumlari,  balki
            yo‘l  tarmoqlari,  gidromeliorativ  tizimlar  ob’ektlari,  sug‘orma  plantatsiyalardagi
            uyumlarni  yo‘q  qilishga  sarflanadigan  doimiy  xarajatlar  xo‘jalik  faoliyatiga  zarar
            yetkazadi.
                   Qumlar  deflyatsiyasi,  shuningdek  ishlov  beriladigan  yaylov  tuproq
            qoplamasining shamol eroziyasi unumdorlikning yo‘qolishiga va, oqibatda, qishloq
            xo‘jaligi ekinlari hosildorligining pasayishiga olib keladi.
                   Qo‘qon  shahri,  Ko‘lquduq,  Jaugeldq  (birinchi  zona)  O‘zbekistonda  shamol
            eroziyasi xavf solgan eng xavfli zonalar sifatida belgilangan, u yerda barxanlarning
            ko‘chishi  hajmi  yiliga  115-205  metrni  tashkil  etadi;  ikkinchi  zona  Qoravulbozor,
            Muborak;  Buxoro  viloyatining  Olot,  Qorako‘l  mintaqalarini,  Xorazm  viloyatining
            Urganch shahrini, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrini o‘z ichiga oladi, ushbu
            mintaqalarda  bir  yilda  40-60  metrga  qum  ko‘chishi  mumkin.  Uchinchi  zona
            mintaqalari  –  Qarshi,  Chimboy,  Kogon,  Farg‘ona,  Namangan,  To‘rtko‘l,  bu  yerda
                                                         3
            ushbu  hajm  bir  yilda  12  dan  30  m   atrofida.  Ushbu  zonalar  bo‘yicha  barxan
            qumlarning harakatlanish tezligi tegishli ravishda bir yilda 14-20, 8-15 va 4-5 metr
            deb baholanadi.
                   Qum  bo‘ronlari  va  tuproqning  unumdor  qatlamining  haydaladigan  tuproq
            yuzasidan  shamol  natijasida  ko‘chishi,  shuningdek  Markaziy  Farg‘ona,
            Qoraqalpog‘iston,  Surxondaryoda  joylashgan  voha  ichidagi  va  voha  bo‘yidagi
            ko‘chma  qumlar  katta  zarar  yetkazadi. 60-yillar oxiridan boshlab  Orol dengizining
            qurib qolgan tubi faol deflyatsiya – tuzli qum ko‘chishining asosiy kengayib boruvchi
            o‘chog‘i  sifatida  belgilandi.  Bu  yerda  3,5  mln.  gektar  maydonda  yuqori  metr

            qatlamida mavjud tuz qatlami 1,5 mlrd. tonna atrofida baholanadi. Orol dengizi qurib
            qolishining  salbiy  oqibatlari  nafaqat  tutash  zonada  iqlim  ko‘rsatkichlari  o‘zgarishi
            bilan  mintaqa  hududining  cho‘llanish  maydonini  yiriklashtirib  boradigan  ko‘chma
            qumlar bilan dengiz tubining to‘lishida, balki dengizning quriyotgan tubidan xo‘jalik
            faoliyati  zonasiga  tuzli  qum  ko‘chishining  kuchayishida  namoyon  bo‘ladi.  Kuchli
            chang bo‘ronlarda chiqariladigan chang masofaga qarab 1,5 t/gektarni tashkil etishi
            belgilangan. Ularda 260 kg/gektardan 1000 kg/gektargacha zaharli tuzlar mavjud.
                   Lalmi  dehqonchilik  zonalari  –  foydalanish  holati.  Respublikada  lalmi
            dehqonchilik mintaqalari taxminan 4,5 mln. gektar maydonni egallaydi, ulardan 753
            ming gektari shudgor yerni, qolganlari, asosan, yaylov va o‘rmonlarni tashkil etadi.
            Haydaladigan  yer  nam  bilan  ta’minlanganligiga  qarab  don,  moyli  ekinlar,  yem-
            xashak va sabzavot-poliz ekinlari bilan band.
                   Cho‘llanish  jarayonlari  va  ularning  namoyon  bo‘lish  darajasi  ko‘p  jihatdan
            balandlik-poyas joylashuvi, tuproqlarning o‘ziga xosligi, o‘simlik qoplamasi zichligi,
            daraxtzor,  qiyalik  va  yog‘inlarga  bog‘liq.  Ta’minlanmagan,  yarim  ta’minlangan  va
            ta’minlangan lalmi mintaqalar mavjud.
                   Ta’minlanmagan  lalmi  yerlar  och  tusli  bo‘z  tuproqlar  bilan  birga  230-450
            metrda (abs.) joylashgan. Ushbu yerlar maydoni 1,6 mln. gektar atrofida baholanadi.


                                                           119
   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124