Page 120 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 120

O‘simliklar  –  qiyoq  boshoqli  efemerlar.  Zonada  asosan  chorvachilik  bilan
            shug‘ullaniladi. Yog‘inlar - 250-280 mm. Yem-xashak hosildorligi - gektaridan 3-4 s.
                   Tahminan 1 600 ming ga maydonni egallagan changli qumoq cho‘l-dasht tipik
            bo‘z  tuproqlardan  iborat  lalmi  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanadigan  yarim
            ta’minlangan  zona  450-750  metrda  joylashgan.  Yog‘inlar  miqdori  –  280-350  mm.
            Quruqlikka  chidamli  moyli  ekinlar  va  ozuqa  ekinlar,  tabiiy  maysa  (qiyoq-  don
            efemerlari) sepiladi.
                   Keng odatiy kulrang tuproqdan iborat ta’minlangan lalmi tog‘oldi zonasi 264
            ming ga maydonni egallaydi va 750-900 metrda joylashgan. Yog‘inlar 350-450 mm.
            Shudgor yerning asosiy maydonlariga don ekinlari ekiladi. Beda, sabzavot-poliz va
            moyli  ekinlar,  kartoshka  urug‘lari  sepiladi.  Zona  daraxtlarga  boy  emas.  Bundan
            tashqari, 240  ming  gektardan  ortiq  yaylov 900-2000  m  balandlikda  tog‘  va baland
            tog‘ mintaqalarida joylashgan. Yerlardan asosan yaylov sifatida foydalaniladi, don,
            moyli va boshqa ekinlar ekiladi.
                   Lalmi  mintaqaning  asosiy  maydonlari  Qashqadaryo,  Samarqand  va  Jizzax
            viloyatlarida  joylashgan.  Surxondaryo,  Navoiy  va  Toshkent  viloyatlarida  kichik
            maydonlari  mavjud.  Lalmi  mintaqaning  qiya  yerlari  hozirgi  vaqtda  tabiiy
            o‘rmonlarning  kuchli  siyrakligi,  maysa  yo‘qolganligi  va  uning  tiklanmasligi,  mol
            o‘tlatilishi tufayli suv eroziyasi intensiv kuchayishiga, ko‘chki hosil bo‘lishi va sel
            kelishi,  tuproq  qoplamasining  yuvilib  ketishiga  va  deflyatsiyaga  moyil,  bu  esa
            yerlarni cho‘llanishga olib boradi.
                   Sug‘orma  dehqonchilik  va  ikkilamchi  sho‘rlanish.  O‘zbekistonning  arid
            mintaqasi  murakkab  geologik  tarixga  ega,  paleogen  va  neogen  davrlarining
            o‘zidagina u bir necha marta dengizlar transgressiyasiga duchor bo‘lgan.
                   Ma’lumki,  dengiz  cho‘kindilari  ko‘pincha  sho‘rlangan,  kuchli  gipslashgan
            bo‘ladi. Mintaqaning tekislik qismida to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida asosan paleogen

            va neogen tuzli loyqa cho‘kindilar keng tarqalgan, ba’zi joylarda kuchli sho‘rlangan
            dengiz loylari qayd etiladi.
                   Delta  tekisliklarining  to‘rtlamchi  yotqiziqlari,  yoyilmalarining  -  o‘rta  va
            chekka  qismi,  daryolarning  quyi  pog‘ona-pog‘ona  yonbag‘ri,  prolyuvial  shleyflar
            ham  ma’lum  miqdorda  tuzga  ega,  ular  tog‘  yonbag‘irlaridan  suv  oqimlari  bilan
            chiqarib  tashlangan.  Shunday  qilib,  Turon  pasttekisligi  gruntlari  dastlabki
            sho‘rlanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  tuzlar  gipergenezida,  ya’ni  ularning
            akkumlyatsiyasi davrida hosil bo‘lgan.
                   O‘zbekistonning  tekis  qismida  tuzlar  jamlanish  jarayoni  hozirgi  vaqtda  ham
            davom etmoqda. Ulkan Orol-Kaspiy pasttekisligi materik ichidagi oqmaydigan hudud
            hisoblanadi, u yerda ochiq okeanga chiqish yo‘li yo‘q, demak, tog‘ yonbag‘irlaridan
            tashiladigan barcha tuzlar shu yerda jamlanadi. Bu yerda atmosfera yog‘inlari bilan
            va boshqa yo‘llar bilan tuzlar to‘planadi.
                   Allyuvial va prolyuvial deltalar tekisliklarining lyoss yotqiziqlari, yoyilmalari,
            shleyflar,  pog‘ona-pog‘ona  yonbag‘irlar  asosan  bo‘sh  suvi  qochirilganligi  bilan
            ajralib turadi, ba’zi joylarda hatto grunt suvlarning tabiiy oqimi mavjud emas, ya’ni
            deyarli  oqmas  hududlar  ko‘pchilikni  tashkil  qiladi.  Turli  geomorfologik
            mintaqalarning  bunday  xususiyati  tuproq-gruntlarning  tuz  rejimini  belgilab  beradi,
            chunki  namlikning  ko‘tariladigan  oqimlari  ustunlik  qilishi  natijasida  katta  qismida
                                                           120
   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125