Page 121 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 121
grunt suvlari sathining yuzaga yaqin joylashishi kuzatiladi. Grunt suvlarining vertikal
harakatlanishini kuchayishi ular mineralizatsiyasini oshishini sabab bo‘ladi. Bunda
grunt suvlar yuzaga yaqinlashib, aeratsiya zonasida mavjud bo‘lgan tuzlarni eritib
yuboradi, shu orqali tuproqlar sho‘rlanishini oshiradi.
Sho‘rlanish jarayoni joy mikrorelefiga bog‘liq: grunt suvlar 2-3 m chuqur
joylashganda odatda mikrorelef ko‘tarilishida tuzlar to‘planishi kuchayadi, chunki
navbatdagi sug‘orilgandan keyin ular pastlikka nisbatan tezroq quriy boshlaydi.
Bunda tuproq qurib borgani sari ularda tuzlar to‘planadi (“fitil” tuz
to‘planishi). Shu sababli paxta maydonlari jo‘yaklarida odatda aynan jo‘yak uyumlari
ko‘proq sho‘rlangan hisoblanadi. Balandligi 15-30 sm, maydoni 10 metrdan 20
metrgacha bo‘lgan ushbu uchastkalar ko‘pincha paxta maydonlari balandliklariga
muvofiq keladi. Ular unchalik baland bo‘lmasligi mumkin, biroq sug‘orma yerning
umumiy fonida ular aeratsiya zonasida turgan tuzlarni tezroq singdirib olishi
natijasida tuz to‘playdigan uchastkalar hisoblanadi. Shu munosabat bilan ekin
ekishdan oldin paxta maydonlarini puxta, sifatli rejalashtirish majburiy hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda delta tekisliklarida, yoyilmalarning chekka qismida, Sirdaryo,
Amudaryo uchinchi yonbag‘rida, Zarafshon, Qoradaryo, Surxondaryo past
yonbag‘irlarida joylashgan barcha vohalar cho‘kishga moyil. Grunt suvlar 1-3
metrga, kamdan-kam hollarda 3-5 metrga joylashadi. Bu, shubhasiz, gruntlarning
suvi yaxshi qochirilmaganligi va sug‘orishning gidromorf, ayrim joylarda
polugidromorf meliorativ rejimi tatbiq etilishi natijasidir. Qoraqalpog‘iston
meliorativ nuqtai nazardan eng noqulay vohalardan biri hisoblanadi, u yerda
sho‘rlanish va sho‘rni qochirish jarayonlari o‘ta murakkab sharoitlarda yuz beradi.
Umuman olganda, Amudaryo pasttekisligi gidrogeologik nuqtai nazardan
deyarli oqmas mintaqa hisoblanadi. Biroq litologik-geomorfologik nuqtai nazardan
delta tekisliklarining turfa xilligi mahalliy areallar mavjudligini keltirib chiqaradi,
ular grunt suvlarning tabiiy oqib ketishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Shu
munosabat bilan sug‘orma yerlarning tuz rejimi ham yetarli darajada aralash-
quralash. Vohalarning sug‘orma yerlari bir xilda sho‘rlanmaganligi aniqlangan. Bu
yerda ayni bir maydonning sho‘rlanish darajasi tezda o‘zgaradi: sho‘rlanmagan
uchastkalar fonida kuchsiz, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan dog‘lar va sho‘rxok yer
mavjud. Bu dog‘lar hajmi – 0,1-0,5 ga. Bir-biriga qo‘shilib, ular katta hududlarni
egallagan turli darajada sho‘rlangan yaxlit uchastkalarni hosil qiladi.
Tuproq va grunt suvlarning kimyoviy ifloslanishi. Ko‘p jihatdan biologik
unumdorlikni ta’minlaydigan va shu bilan bir vaqtda katta antropogen ta’sirga
uchraydigan va ifloslangan moddalar (IM) sirkulyatsiyasining xavfli bo‘g‘inlaridan
biri hisoblangan tuproq barcha geofizik muhitlar orasida alohida o‘rin egallaydi.
Tuproqda IM to‘planishi uning kimviy tarkibi, jismoniy, biologik, mikrobiologik
xususiyatlari o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu o‘zgarishlar kam ko‘zga tashlanishi
mumkin, biroq ular uzoq davom etib, tuproq unumdorligini yo‘q qilish, qisman yoki
to‘liq cho‘lga aylantirish kabi jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishga qodir.
Tabiiy landshaftlarda tuproqlar ifloslanishi ekotizim faoliyatining umumiy
sharoitlarini va ularning rekreatsion imkoniyatlarini belgilab beradi. Oxirgi yilgi
tadqiqotlar tuproqning ifloslanishi har doim ko‘p komponentli tarkibga ega bo‘lishini
121

