Page 122 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 122

va ifloslaydigan ingredientlar sifatli tarkibining ancha turfa xil parametrlari bilan va
            ularning miqdoriy nisbatlari bilan ifodalanishini ko‘rsatdi.
                   Mustaqillika  qadar  ko‘p  yillar  davomida  faqat  paxta  ekish,  almashlab  ekish
            tizimining  yo‘qligi  (dehqonchilikda  tuproqni  himoya  qilish  tizimining  asosi),
            chorvachilikning  yaxshi  rivojlanmaganligi  (bu  organik  o‘g‘itlar  taqchilligi  sababi
            bo‘ldi) keng miqyosda mineral o‘g‘itlar va pestitsidlarni qo‘llash zaruratini keltirib
            chiqardi. Bularning barchasi, pirovardida, tabiiy biologik jarayonlarning buzilishiga,
            tabiiy  tartibga  soluvchi  mexanizmlarning  degradatsiyaga  uchrashiga,  kiritilgan
            mineral  birikmalarni  tuproqning  o‘simlik  ildizlariga  yetkazish  uchun  murakkab
            ekologik  tizimdan  tuproqning  substatga  aylanishiga  olib  keldi.  Bunda  kimyoviy
            preparatlar samaradorligining past koeffitsienti tufayli fosfor-kaliyli o‘g‘itlarning 30
            foizdan  ortig‘i  va  azotli  o‘g‘itlarning  50  foizdan  ortig‘i  o‘simliklarga  singmaydi,
            yuvilib ketadi, sirtqi va yerosti suvlarni ifloslaydi.
                   Garchi  ma’lumki,  ba’zi  turlar  og‘ir  metallarga  ega  bo‘lsa-da,  kimyoviy
            o‘g‘itlar  sifati  yetarlicha  nazorat  qilinmayapti.  Vaziyatning  yaxshilanishi  nafaqat
            o‘g‘itlardan  foydalanishni  kamaytirishga,  balki  texnologiyalarga,  ularni  qo‘llash  va
            saqlashga  bog‘liq.  Masalan,  o‘g‘itlarni  bo‘lak-bo‘lak  sepish  tuproqqa,  yerosti  va
            yerusti suvlariga yetkaziladigan bosimni kamaytirish imkonini bergan bo‘lardi.
                   Qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  zararkunandalari  va  kasalliklarga  qarshi
            kurashishning  boshqa  uslublari,  masalan  uyg‘unlashgan  himoya  qilish  chora-
            tadbirlari (biologik metodlar, almashlab ekish va hokazolar) ancha cheklangan edi.
            Oxirgi  vaqtda  respublikada  pestitsidlarni  qo‘llash  keskin  kamaydi.  1990-1996
            yillarda respublikada pestitsidlardan foydalanish 1.5 baravar kamaydi. Bunda insek-
            akaritsidlar  va  fungitsidlarni  qo‘llash  (eng  zaharli  preparatlar)  2  baravar,
            gerbitsidlarni qo‘llash 2,6 baravar, defoliantlarni qo‘llash 1,4 baravar va oltingugurt
            preparatlarni qo‘llash 1,5 baravar kamaydi. Foydalaniladigan pestitsidlar turlari ancha

            o‘zgardi.
                   Pestitsidlarning  katta  qismi  (92%)  defoliantlardan  (odatda,  bu  zahari  kam
            noorganik  birikmalardir)  va  oltingugurt  preparatlardan  iborat.  O‘ta  zaharli  FOS
            qo‘llash  tahminan  10  baravar  kamaydi,  GXSG,  tiodan,  sevin  kabi  zaharli  va
            persistent  preparatlar  deyarli  qo‘llanilmayapti.  O‘ta  biologik  faol  va  inson  uchun
            zahari  kam  Karate,  Danitol,  Desis,  Simbush  kabi  istiqbolli  piretroid  preparatlarga
            ustunlik berilmoqda.
                   Agrokimyoviy  preparatlar va o‘g‘itlar  atrof  muhitga  ikki xil ta’sir  o‘tkazadi:
            ulardan  foydalanish  vaqtida  va  ulardan  foydalanish  joyida  tabiat  muhiti
            ob’ektlarining mahalliy ifloslanishi, ko‘pincha – bu hududga o‘tkaziladigan bosimdir,
            u  tuproqlar  degradatsiyasiga  olib  keladi;  havo  massasi  orqali  ifloslantiruvchi
            moddalarning ko‘chishi tufayli tabiiy ob’ektlar keng ko‘lamda ifloslanadi, havo o‘ta
            changlashadi,  changli  bo‘ronlar,  shuningdek  yuza  va  kollektor-drenaj  oqim  bilan
            tashiladi,  bu  daryolarning  quyi  oqimida  va  hatto  agrokimyoviy  preparatlar
            qo‘llanmaydigan  hududlarda  muammolar  keltirib  chiqaradi,  yer  osti  suvlarga  va
            chuchuk yer osti suvlarga kirib boradi, ularni ifloslantiradi.
                   Qo‘llaniladigan  pestitsidlar  zichligi  boshqa  ifloslantiruvchi  moddalar  bilan
            taqqoslaganda katta bo‘lmasligiga qaramay, ular atrof muhitning alohida ob’ektlari,
            ayniqsa tuproq mikroflorasi uchun eng xavli hisoblanadi. Yuqori biologik faollikka
                                                           122
   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127