Page 123 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 123
ega bo‘lgan pestitsidlar moddalar almashinuvi biokimyoviy davriga va tabiiy tizimlar
ekologik muvozanatiga ta’sir o‘tkazadigan doimiy ekologik omil bo‘lib bormoqda.
Trofik zanjirning turli bo‘g‘inlarida to‘planib, ular ekotizimning oliy darajalariga, shu
jumladan insonga real xavf soladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tashqari, qayta ishlovchi
korxonalarning omborlari va nihoyat, sobiq qishloq xo‘jaligi aerodomlarining kuchli
ifloslangan hududlari atrof muhitni pestitsid va o‘g‘itlar bilan ifloslagan jiddiy manba
bo‘ldi.
O‘tmishda sug‘oriladigan zonada joylashgan qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy
preparatlardan, shu jumladan pestitsidlardan intensiv foydalanish havzaning butun
hududi bo‘ylab ularning tarqalishiga olib keldi. Bizningcha, tuproq, suv, dengiz tubi
cho‘kindilarida, eng asosiysi, biotada pestitsidlar qoldig‘ining to‘planish darajalari
cho‘llanish mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq cho‘llanish. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligida
Orol dengizi havzasining barcha resurslaridan foydalaniladi. XX asr 60-yillari
o‘rtalaridan boshlab Amudaryo va Sirdaryo suvining dengizga quyilishi kamayishi
hisobiga mintaqaning barcha davlatlari tomonidan sug‘orma maydonlarni
kengaytirish uchun suv olish kengaya boshladi.
Hozirgi vaqtda Orolbo‘yi mintaqasi cho‘llanishning barcha asosiy
jarayonlariga duchor bo‘lgan: qurib qolgan dengiz tubining tuzga boy tuproqlari
unumsiz holatga keldi; yerlar sho‘rlandi; daraxtzorlar, to‘qaylar va o‘simlik
qoplamasi yo‘qoldi; ko‘l va suv omborlari qurib qoldi; yerlar degradatsiyaga uchradi;
deflyatsiya va tuz va chang ko‘chishi kuchaydi; yuza va yerosti suvlari
minerallashuvi oshdi; sug‘oriladigan va ularga tutash yerlar cho‘kdi; tuproqlar
sho‘rlandi va hokazo.
Orolbo‘yi hududlari cho‘llanishiga ushbu jarayonlar ko‘rsatadigan ta’sir ortib
bormoqda. Butun Orolbo‘yi hududida cho‘llanish jarayonlari kuchayib bormoqda.
Grunt suvlarning yuqori darajasi (1-3 m) sug‘oriladigan shudgor yer zonasida deyarli
saqlanmoqda, dengiz tomon kamayib bormoqda va cho‘llanish jarayonlari kuchayib
bormoqda (Problema Aralskogo morya, 1969; Natsionalnaya programma deystviy po
borbe s opustыnivaniem v Respublike Uzbekistan, 1999).
Atmosferada tuz va chang ko‘chishi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar ma’lumotlariga
ko‘ra arid hududlar havoning chang zarralari bilan yuqori darajada ifloslangan, boz
ustiga mineral va tuproq zarralari aerozollarning asosiy tarkibi hisoblanadi. Chang
bo‘ronlari vaqtida uning konsentratsiyasi ancha ortadi. Changli va tuzli zarralarning
atmosferaga tushishi – birinchi yo‘li tuproq qoplamasi, sho‘rxok tuproqlar, dengiz
akvatoriyasining tabiiy manbalaridan shamol ta’siri ostida chiqarib tashlash
hisoblanadi; ikkinchi yo‘li – sanoat chiqindi manbalaridan havo massalari orqali
qattiq muallaq zarralarning siljishi; uchinchi yo‘li – gazlar, suyuqliklar va qattiq
ingredientlar o‘rtasida atmosferada geterogen va gomogen reaksiyalar.
Aerozol tuzlarning atmosferada tashilishining uchta asosiy yo‘lini qayd etish
zarur. Birinchi yo‘li – tuzlarning yog‘inlar bilan migratsiyasi, ikkinchi yo‘li –
atmosferaning turg‘un vaqtida shamol bilan tuzlarning ko‘chirilishi, uchinchi yo‘li –
changli bo‘ronlar va qorli izg‘irinlar vaqtida tuz va qum ko‘chishi. Changli bo‘ronlar
va qorli izg‘irinlar paydo bo‘lganda tuzlar va qumning havo massalari orqali
123

