Page 124 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 124

ko‘chishini  o‘rganishga  eng  katta  e’tibor  qaratildi.  Bu  zonada  tuproq  yuzasiga
            tushadigan tuzlarning umumiy ulushi suvda eriydigan tuzlar bo‘yicha joyning fizik-
            geografik xususiyatlarga qarab 30-50 foizni tashkil etadi.
                   Respublika hududining shamol rejimi bo‘yicha ma’lumotlarni changli va tuzli
            zarralarnig  ko‘tarilishiga  ko‘maklashuvchi  yer  sathidagi  shamol  tezligi  qiymatlari
            bilan  taqqoslash  butun  yil  davomida  shamol  orqali  tashiladigan  changli  va  tuzli
            zarralarning shamol orqali tashilishi uchun qulay sharoitlar yaratilishini aniqladi.
                   Tuzlar va qumlar paydo bo‘ladigan manba oldida terrigen materialining asosiy
            ulushi  yog‘ilishini  qayd  etish  zarur.  Hudud-vaqt  tarqalishi  hisobga  olingan  holda
            mayda dispers zarralarning havo massalari orqali mintaqa hududi bo‘ylab tarqalishi
            to‘g‘risidagi masala deyarli o‘rganilmagan. Atmosferada chang-tuz zarralarini havo
            massalari  orqali  ko‘chirilishini  o‘rganish,  kuzatish  va  taxmin  qilish  masalalari,
            cho‘llanish  nuqtai  nazaridan  uning  hududga  ta’siri  eng  kam  o‘rganilgan.  Bu
            jarayonlarini  kuzatish,  taxmin  qilish,  uning  salbiy  ta’sirlarini  pasaytirish  bo‘yicha
            tavsiyalar  ishlab  chiqish  yuzasidan  ilmiy-tadqiqot  va  amaliy  ishlarni  bundan  keyin
            ham olib borishni tavsiya etish zarur.



              §8.2. Yerlar cho‘llanishining tuproq xossalariga ta’siri va uni oldini olishga
              qaratilgan chora tadbirlar

                   Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, cho‘llanish va qurg‘oqchilik yuz berishi mumkin
            bo‘lgan iqlim zonalari Yer sharining 47,5 foizini egallaydi (World..,2004), boz ustiga
            ushbu qurg‘oq mintaqalarning 69 foizida cho‘llanish boshlangan.
                   Yerlarning  cho‘llanishiga  qarshi  kurashish  doirasida  tuproq  (yaylovlarda  va
            sug‘orma maydonlarda) va o‘simlik qoplamasini ko‘rib chiqish ustuvor ahamiyatga
            ega.  Aynan  ushbu  komponentlar  BMTning  cho‘llanishga  qarshi  kurashish
            konvensiyasiga  muvofiq  «er»  termini  mohiyatining  asosini  tashkil  etadi.  Tuproq
            fitomahsulotlar  yetishtirish  vositasi  hisoblangani  bois  uning  degradatsiyaga
            uchraganini  baholash  o‘z  vazifasiga  ko‘ra  (yoki  mazmuniga  ko‘ra)  o‘simlik
            qoplamasi  degradatsiyasini  baholash  bilan  uzviy  bog‘liq.  Ya’ni  pirovardida
            cho‘llanishni  baholash  qishloq  xo‘jaligi  va  o‘rmon  yer-mulklari  biomahsuldorligi

            pasayishini baholashga olib boradi.
                   Tegishli ravishda, biomassa zahiralarining pasayishi (yoki o‘sishi) ko‘rsatkichi
            – yakuniy natija indikatori cho‘llanishning asosiy bazaviy indikatori bo‘lishi mumkin
            (qayd etish joizki, YuNEP metodikasida ushbu indikator qo‘llaniladi, biroq mustaqil
            emas,  balki  boshqa  indikatorlar  bilan  birga).  Biroq  birgina  bunday  ko‘rsatkich  (1-
            toifa)  ushbu  jarayonlar  sabablari  va  o‘ziga  xosliklari  xilma-xilligini  aks  ettira
            olmaydi, ularning mazmuni turli mintaqalarning tabiiy, xo‘jalik, va ijtimoiy-iqtisodiy
            xususiyatlari uchun maqbul qarorlar qabul qilish uchun zarurdir.
                   Bundan  tashqari,  almashib  ekin  ekiladigan  qishloq  xo‘jaligi  yerlari  uchun
            floristik  xususiyatlari  umuman  mazmun-mohiyatga  ega  emas.  Shu  sababli
            qo‘shimcha  indikatorlar  kiritiladi,  ular  orasida  tuproq  indikatorlari  ko‘pchilikni
            tashkil qiladi.


                                                           124
   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129