Page 125 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 125
Toifasi bo‘yicha keyingi cho‘llanish indikatorlari (2-toifa) YuNEP tizimida
cho‘llanish tiplari nomlariga muvofiq keladi: shamol eroziyasi, suv eroziyasi,
sug‘orma yerlarning sho‘r bosishi, o‘simlik qoplamasining degradatsiyasi, texnogen
cho‘llanish. Ular orasida bevosita sabablar indikatorlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ularning har biri 3-toifa indikatorlari guruhini birlashtiradi. Jumladan, «shamol
eroziyasi» cho‘llanish indikatori (2-toifa) quyidagi ko‘rsatkichlarni birlashtiradi (3-
toifa indikatorlari):
- nurash havzasi bilan band maydonning oshishi; jipsligining kamayishi;
- harakatchan qumlar bilan qoplangan maydonlarning ko‘payishi; butalar va
yarimbutalar bilan qoplangan loyihaviy qoplama va boshqalar.
Landshaft elementlari o‘zgarishining quyidagi ko‘rsatkichlari 3-toifa
indikatorlari hisoblanadi:
- (o‘simliklar degradatsiyasi, loyiqaviy qoplama qisqarishi, tuproqlar sho‘r
bosishi, gumus miqdorining kamayishi va hokazolar), ijtimoiy-iqtisodiy holat
(masalan, qoramol sonini majburan kamaytirish) yoki salbiy hodisalar (masalan, suv
toshqini) yuz berishi. Cho‘llanishning amaldagi jarayonlarini baholash tizimidan
tashqari UNEP metodikasi hududlarning cho‘llanishga moyilligini (cho‘llanish
xavfini) baholash uchun indikatorlar to‘plamini taklif etadi.
Xavf mezonlari quyidagicha aniqlanadi:
- Tuproqlar sho‘r bosishi – grunt suvlar chuqurligi va sug‘orma suvlar sifati
bo‘yicha.
- Shamol eroziyasi – shamol eroziyasi xavfi, shamol tezligi, shamol
eroziyasining iqlim omili bo‘yicha.
- Suv eroziyasi - qiyalar, tuproq yuzaki qiyasining erozion xususiyati, suv
eroziyasining iqlim omili bo‘yicha.
- O‘simlik qoplamasi degradatsiyasi – biologik degradatsiyaning iqlim omili
bo‘yicha.
Cho‘llanish jarayoni - bu tabiat komplekslarining (yoki “erlarning”) alohida
komponentlari o‘zgarganda yuz beradigan va cho‘llanish agentlari tufayli yuzaga
kelgan turli, odatda, tabiiy jarayonlarni ifodalash uchun ishlatiladigan tushunchadir
(suv va shamol eroziyasi va tashiladigan materialning ajralishi, tabiiy o‘simliklar soni
yoki xilma-xilligining, shuningdek sho‘rlanish va soda hosil bo‘lishining kamayishi).
Cho‘llanishning tabiiy shart-sharoitlari - bu tushuncha cho‘llanish vaqtida
o‘zgargan tabiat tizimlari komponentlarini (tuproqlar, yuzaki va grunt suvlar, relef,
biota) ifodalash uchun ishlatiladi, ular, bir tarafdan, cho‘llanish ob’ektlari sifatida,
boshqa tarafdan, tabiat komplekslariga cho‘llanish omillari va sabablarining ta’sirini
tartibga soluvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Cho‘llanish natijalari - bu tushuncha tabiat tizimlari alohida komponentlari
holatidagi alohida o‘zgarishlarni ifodalash uchun ishlatiladi, ular cho‘llanish omillari
va sabablarining cho‘llanish shart-sharoitlariga ta’siri natijasi hisoblanadi.
Cho‘lanishning eng fizionomik va genetik muhim natijalari cho‘llanish indikatorlari
125

