Page 126 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 126

sifatida  ishlatiladi,  bu  esa  tabiat  tizimlari  va  komponentlari  o‘zgarishining
            yo‘nalishlari va darajalari to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.
                   Tabiiy    yoki inson tufayli biroz o‘zgargan (masalan, yaylov) tizimlarda yerlar
            degradatsiyaga  uchraganda,  odatda,  landshaftlarning  barcha  komponentlari
            o‘zgarishga  uchraydi,  biroq  o‘simlik  qoplamasi  holatining  masofaviy  kuzatiladigan
            ko‘rsatkichlari  fizionomik  eng  muhim  indikatorlari  hisoblanadi,  ular  bo‘yicha,
            masalan,  yuzaning  hayvonlar  yoki  suv  va  shamol  eroziyasi  natijasida  buzilishi,
            tuproqlar  sho‘rlanishi,  sho‘rhoklanishi  va  cho‘kishi  (fototasvir  rangi  va  tusi
            o‘zgarishi, belgilovchi joriy suksessiyalar va o‘simlik qoplamasining hozirgi holati),
            shudgor yerlar ko‘payib borishi (qishloq xo‘jaligi maydonlari chegaralarining o‘ziga
            xos o‘zgarishlari bo‘yicha) haqida fikr yuritish mumkin.
                   Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi maydonlari bilan band hududlarda o‘simlik
            qoplamasi  holatining  fizionomik  muhim  indikatorlaridan  foydalanish  tabiiy
            o‘simliklar  yo‘qligi  tufayli  murakkablashgan.  Bunday  holatlarda  eroziya  va
            deflyatsiya,  sho‘rlanish  (keskin  chegaralarga  ega  sho‘rhok  yer  dog‘lari  paydo
            bo‘lishi)  jarayonari  to‘g‘risida  fikr  yuritish  imkonini  beradigan  tuproq  yuzasi
            holatining masofaviy kuzatiladigan indikatorlardan tashqari maxsus saralab olingan
            adabiy  va  kartografik  manbalardan  olinadigan  ma’lumotlar,  shuningdek
            tuproqlarning yerosti va laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari jalb etiladi.
                   Tuproqlar        eroziyasi,      deflyatsiyasi,      sho‘rhoklanishi,       sho‘rlanishi,
            degumifikatsiyasi jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday holatlarda cho‘llanish
            mezonlarini tashhis qilishning asosiy mezonlari hisoblanadi (Dobrovolskiy, 2001).
                   8-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
                   1.  Cho‘llanish jarayoni keltirib chiqaruvchi omillar?
                   2.  Cho‘llanish  jarayonini  belgilovchi  asosiy  indikatorlar  va  cho‘llanishning
            tiplari?

                   3.  Cho‘llanish jarayonining tuproq qoplami va o‘simlik dunyosiga ta’siri?
                   4.  Cho‘llanish yuzaga kelishida iqlimning roli?
                   5.  Cho‘llanish jarayonining rivojlanishida inson faoliyati?
                   6.  Cho‘llanish  jarayonini  oldini  olishga  qaratilgan  qanday  chora-tadbirlarni
            bilasiz?


              9-bob. Iqlim o‘zgarishi va tuproq degradatsiyasi

              §9.1. Iqlim o‘zgarishi haqida umumiy ma’lumotlar. Iqlim o‘zgarishini belgilovchi
              omillar

                   Ma’lumki,  iqlimning  o‘zgarib  borishi  va  uning  atrof  muhitga  ta’siri  XXI
            asrning  eng  asosiy  muammolaridan  biri  bo‘lib  insoniyat  oldida  turgan  jiddiy
            muammolardan  biri  hisoblanadi.  Bunda  antropogen  holatning  faol  ta’siri  ostida
            tuproq qatlami va biologik xilma-xillikni saqlab qolish muhim rol o‘ynaydi.
                   Yer  iqlimi  ham  tabiiy  ravishda,  ham  antropogen  omillar  ta’sirida  o‘zgaradi.
            Iqlimiy sistemaning har bir tashkil etuvchisi turlicha vaqt shkalasi oralig‘ida o‘zaradi
            (Ososkova va b., 2005).

                                                           126
   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131