Page 127 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 127
Atmosfera, eng dinamik muhit bo‘lib, shu bilan birga boshqa geosferalardan
issiqlik sig‘imining juda kichikligi bilan ajralib turadi va inersiyasi kichik sistema
hisoblanadi.
Okeanlarning yuqori qatlamlari iqlimiy omillarning o‘zgarishini bir necha yillar
davomidagina sezadi, quyi, ya’ni chuqur qatlamlardagi o‘zgarishlar esa ko‘plab yuz
yilliklardan so‘ng ro‘y berishi mumkin.
Kriosfera (qor va muz qoplami) yanada inert hisoblanadi: muz qoplami
qatlamlaridagi o‘zgarishlar yuzlab yillar davomidagina seziladi.
Geosfera — Yer yuzasi, hammasidan sekin o‘zgaradi, chunki shamollar
xarakteri va okean oqimlariga ta’sir etuvchi tog‘larning hosil bo‘lishi va
materiklarning siljishi million yillar davomida ro‘y beradi.
Qadimgi tabiiy iqlim o‘zgarishlarini bilish inson faoliyati tufayli kechadigan
iqlim o‘zgarishi jarayonlarini chuqur anglab yetishga imkon beradi. Global harorat
haqidagi sistematik kuzatish ma’lumotlari 1860 yil bilan chegaralanadi. Ular quruqlik
yuzasida havo haroratini o‘lchash natijasida hamda dengiz yuzasi haroratini o‘lchash asosida
olingan ma’lumotlarni qamrab oladi. Qadimgi iqlimiy sharoitlarni tiklash iqlimiy modellar
asosida tuzilgan prognozlar uchun solishtirish mezoni sifatida xizmat qilishi mumkin.
Muzlik davri iqlimini modellashtirish asosida «oldindan aytish»ni paleoklimatologik
ma’lumotlar bilan solishtirish kelajakdagi iqlim o‘zgarishlariga taalluqli bo‘lgan va
modellar asosida tuzilgan jarayonlarni ma’lum darajada tekshirishga imkon beradi.
Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, insoniyat sivilizatsiyasining
gullagan vaqtidan buyon global harorat 1°S dan kamroq qiymatga o‘zgargan. Oxirgi
yuz ming yillik davomida ekstremal va ba’zan tez ro‘y bergan iqlimiy tebranishlarga
nisbatan bizning iqlimni osoyishta deb atash mumkin.
Hozirgi kunda yuqorida ko‘rib chiqilgan iqlimiy omillar asosida kuzatilayotgan
iqlimiy o‘zgarishlar sabablarini tushuntirib beruvchi qator nazariyalar mavjud.
Yerning geologik tarixi davomida butun Yer tabiati bilan birgalikda atmosfera
tarkibi, uning massasi o‘zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari tog‘
sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va okeanlar maydonlari
ham o‘zgarib turgan. Quyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi ekssentrisitetining
tebranishlari va ekliptika tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o‘qi qiyaligining
o‘zgarishlari kuzatilgan. Shu bilan birga Yerning aylanish tezligi ham sekinlashgan.
Oqibatda, bu holat, issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi va atmosfera
sirkulyatsiyasi hamda iqlimning geografik omillarining o‘zgarishiga olib kelgan.
Bularning barchasi Yerda iqlimning ko‘p karra o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Iqlimiy o‘zgarishlarning mumkin bo‘lgan sabablarining vaqt miqyosi juda
kattadir. Yer orbitasining ekssentrisiteti, pretsessiya va orbita tekisligiga nisbatan
Yerning aylanish o‘qi qiyaligining o‘zgarishi kabi orbital parametrlarning
variatsiyalari mos ravishda 100 000, 23 000 va 41 000 yilni tashkil etadi. Yer po‘sti
5
9
harakatining vaqt masshtabi esa 10 -10 yilga teng. Vulkanlarning otilishi natijasida
8
0
stratosferada aerozolning hosil bo‘lishi juda katta - 10 dan 10 gacha yillar
oralig‘idagi iqlimiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan, iqlimiy
sistemaning ichki o‘zgaruvchanligi sistemani tashkil etuvchilari orasidagi to‘g‘ri va
teskari bog‘lanishlarning turlicha mexanizmlari bilan aniqlanadi.
127

