Page 128 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 128

Atmosfera,  okeanlar,  kriosfera,  quruqlik  yuzasi  va  biosfera  orasidagi
                                                         9
            bog‘liqlikning  vaqt  masshtabi  10 -10   yillarga  teng  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,
                                                    0
                                                                      2
                                                                 0
            atmosfera va okeanning o‘zaro ta’sirlashuvi 10 -10  yilni tashkil etadi. Shunday qilib,
            yuqorida  bayon  etilganlardan  ko‘rinib  turibdiki,  iqlim  o‘zgarishi  istalgan  geologik
            davrda ro‘y berishi mumkin.


              §9.2. Global miqyosda iqlim o‘zgarishining oqibatlari.
              O‘zbekistonda iqlimning mintaqaviy o‘zgarishi va uning oqibatlari


                   Issiqxona  effekti  hosil  qiluvchi  gazlar  konsentratsiyasining  o‘sishi  tabiiy
            issiqxona  effektining  kuchayishiga  va  Yer  yuzasining  isishiga  olib  keldi.  Agar
            tegishli chora ko‘rilmasa, kelgusi yuz yillikning har o‘n yilligida harorat 0,3 °S ga
            ortadi.  Isish o‘z navbatida qutblardagi  muzliklarning  erishiga va Dunyo  okeani sathining
            ko‘tarilishiga olib keladi: 2030 yilga borib, dunyo okeani sathi o‘rtacha 20 sm ga, XXI
            asr oxirida esa 65 sm ga ko‘tariladi (Ososkova va b., 2005).
                   Bashoratlarga  ko‘ra,  butun  dunyoda  yog‘in  miqdorining  ortishi  kutiladi,  lekin
            shunga  o‘xshash  tendensiyalarning  mahalliy  miqyosdagi  ishonchliligi  ancha  past.
            Ehtimol,  XXI  asrning  ikkinchi  yarmida  shimoliy  yarim  sharning  o‘rta  va  yuqori
            kengliklarida hamda Antarktikada qishki yog‘inlar miqdori ortadi. Tropiklarda esa,
            ishlab  chiqilgan  modellarga  ko‘ra,  ayrim  hududlarda  yog‘in  miqdori  ortsa,  boshqa
            joylarda kamayadi. Avstraliya, Markaziy Amerika va Afrikaning janubiy qismida esa
            qishki yog‘inlarning kamayishida barqaror tendensiya kuzatiladi.
                   Yuqori  kengliklarda,  yilning  qish  vaqtida  yomg‘ir  va  qorning  ko‘p  yog‘ishi
            tuproqning yuqori darajada namlanishiga olib keladi. Lekin, yozda haroratning yuqori
            bo‘lishi  tuproq  namligining  yo‘qotilishiga  sabab  bo‘ladi.  Tuproq  namligining
            mahalliy o‘zgarishlari, albatta, qishloq xo‘jaligi uchun juda muhimdir, lekin iqlimiy
            modellar  yordamida  ularni  prognoz  qilish  bugungi  kunda  ham  ancha  murakkab
            hisoblanadi. Hatto tuproq namligining yoz davrlaridagi global o‘zgarishining ishorasi
            — ortishi yoki kamayishi ham noaniq bo‘lib qolmoqda.
                   Ehtimol, ekstremal ob-havo hodisalarining takrorlanishi va jadalligi ham o‘zgaradi.
            Kutilayotganidek, o‘rtacha global haroratning ko‘tarilishi bilan issiq kunlar va issiq

            to‘lqinlar ortadi hamda sovuq kunlar soni va sovuq davr kamayadi. Iqlimiy modellar
            ham bir —biriga mos ravishda ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik regionlarda ekstremal ob-
            havo  hodisalari  tez-tez  takrorlanadi.  Bu  esa  kontinental  rayonlarda  yoz  mavsumi
            davomida  qurg‘oqchilik  havfining  ortishiga  olib  keladi.  Yana  shunday  faktlar  ham
            mavjudki,  ulardan  ma’lum  bo‘lishicha,  ayrim  regionlarda  kuchli  shamol  va  jala
            yomg‘irlar  bilan  birgalikda  kechadigan  qattiq  bo‘ronlar  va  dovullar  tez-tez
            qaytariladi.
                   Iqlimning tez va to‘satdan o‘zgarishini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
            Lekin, dengiz sathining katastrofik ko‘tarilishiga olib keladigan, G‘arbiy Antarktika
            muz  qalqonining  parchalanishiga  o‘xshash  juda  keskin  o‘zgarishlarning  XXI  asr
            davomida bo‘lish ehtimoli juda kichikdir.
                   Regional      miqyosda       iqlimga      sezilarli   ta’sir    ko‘rsatadigan      okean
            sirkulyatsiyalarining  o‘zgarishi  (masalan,  Yevropani  isitadigan  Golfstrimning
                                                           128
   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132   133