Page 129 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 129
susayishi) bir necha o‘n yilliklardan keyin ro‘y berishi mumkinligi haqidagi faktlar
ham mavjud. Lekin, shunga o‘xshash o‘zgarishlarning issiqxona effekti hosil qiluvchi
gazlar ta’siridagi isish sababli ro‘y berishi mumkinligi hozircha noma’lum.
Golfstrimning kuchsizlanishini ko‘rsatadigan iqlimiy modellar ham kelajakda butun
Yevropa miqyosida isish bo‘lishidan darak bermoqda.
Yer iqlimi hozirning o‘zidayoq o‘tmishdagi issiqxona effekti hosil qiluvchi
gazlar chiqindilariga «moslashmoqda». Iqlimiy sistema global energetik balansni
saqlash uchun ham issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasiga
«ko‘nikishi» lozim. Bu iqlim o‘zgarmoqda va bu jarayon issiqxona effekti hosil
qiluvchi gazlar miqdorining o‘sishi mobaynida davom etaveradi deganidir. Bugungi
kunda olimlar doimiy ravishda boyib borayotgan ma’lumotlar bazasining global
isishning umumiy ko‘rinishlarini tasdiqlayotganligiga hamda iqlimiy sistemadagi
boshqa o‘zgarishlarga ishonch hosil qilganlar.
O‘lchashlar natijasida olingan ma’lumotlar o‘rtacha havo haroratining XIX asr
oxiridan buyon 0,6 ± 0,2 °S ga ko‘tarilganini qayd etmoqda. Bu kuzatishlar iqlimning
hozirgi kungacha bo‘lgan isish darajasini prognozlashda foydalaniladigan modellar
asosida tuzilgan prognozlar bilan mos tushadi.
Ta’kidlash lozimki, aerozollarning sovituvchi ta’siri hisobga olinganda moslik
yanada ortadi. Asosiy isish 1910 — 1940 yillarda kuzatilgan hamda 1976 yildan shu
kungacha davom etmoqda. Ehtimol, shimoliy yarim sharda (tegishli tahlilni amalga
oshirishga imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan mintaqada) XX asrdagi
isish sur’atlari va davomiyligi oxirgi ming yildagi har qanday davrga nisbatan katta
bo‘ldi. Bundan tashqari, 1990 yillar ming yillikning eng issiq o‘n yilligi, 1998 yil esa
eng issiq yil bo‘lganga o‘xshaydi.
Bu davrda dengiz sathi o‘rtacha 10—20 sm ga ko‘tarildi. Chunki, okeanlar yuqori
qatlamlarining isishi bilan suv kengayadi, dengiz sathi esa ko‘tariladi. Modellar
asosida tahmin qilish mumkinki, haroratning bugungi kungacha 0,6 °S isishining o‘zi
dengiz sathining hozirgi kundagi ko‘tarilishiga olib kelishi kerak edi. Lekin boshqa,
ya’ni prognozlash uchun ancha murakkab bo‘lgan o‘zgarishlar, ayniqsa kuchli qor
yog‘ishi, Grenlandiya hamda Antarktikadagi muzlarning erishi, shimoliy
materiklarning ko‘p asrli muzliklardan sekin asta «xalos» bo‘la borishi ham real va
tassavur qilinayotgan dengiz sathiga ta’sir ko‘rsatadi.
1960 yillarning oxiridan buyon qor qoplami qalinligi shimoliy yarim sharning
o‘rta va yuqori kengliklarida 10 % ga kamaygan. XX asr davomida ko‘llar va
daryolarda yillik muzlash davri tahminan ikki haftaga qisqarganligi ehtimoldan holi
emas. Mana shu vaqt mobaynida, qutbdan tashqari, ko‘pchilik regionlardagi mashhur
tog‘ muzliklarining deyarli barchasi chekindi.
Oxirgi o‘n yillikda Arktikada bahor va yoz vaqtlarida muz qoplamining
davomiyligi 10 — 15 % ga, muzning qalinligi esa yozning oxiri va kuzning boshida
40 % ga kamaydi. Dunyoning ko‘plab regionlarida yog‘inlar miqdorining ortishi
kuzatilmoqda. Har o‘n yillikda shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori
kengliklaridagi ko‘plab rayonlarida yog‘in miqdorining 0,5 — 1,0 % ga ortishi
kuzatilmoqda. Bu holat bulut qoplamining 2 % ga ortishi sharoitida ro‘y bermoqda.
Quruqlikning tropik rayonlarida, 10° shimoliy kenglik va 10° janubiy kengliklar
129

