Page 130 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 130

oralig‘ida  ham,  aytish  mumkinki,  atmosfera  yog‘inlari  miqdori  har  o‘n  yillik
            davomida 0,2 — 0,3 % ga ko‘paymoqda.
                   Ikkinchi  tomondan,  XX  asr  davomida  shimoliy  yarim  sharning  subtropik
            rayonlarida,  ya’ni  o‘ninchi  va  o‘ttizinchi  shimoliy  parallellar  orasida  yog‘in
            miqdorining har o‘n yillik davomida 0,3 % ga kamayishi qayd etildi. Yuqoridagilar
            bilan  bir  qatorda  Afrika  va  Osiyoning  ayrim  qismlarida  qurg‘oqchilikning
            takrorlanishi va jadalligi ortdi (Chub, 2000, 2007).
                   XX asr davomidagi iqlim o‘zgarishi issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar va
            aerozollar  konsentratsiyasining  ortishi  bilan  bog‘liq  holda  kutilgan  oqibatlar  bilan
            mos  tushadi.  Isishning  makonda  kuzatilayotgan  qonuniyatlari  modellar  asosida
            tuzilgan prognozlarga mos kelmoqda.
                   Masalan,  Yer  yuzasidagi  o‘lchashlar  hamda  meteorologik  zondlar  va  sun’iy
            yo‘ldoshlar  yordamida  bajarilgan  o‘lchashlar  ham  Yer  yuzasining  isiyotganligini,
            stratosferaning  esa  soviyotganligini  ko‘rsatmoqda.  Shu bilan birga  Yer  atmosferasi
            okeanlar ustida materiklar ustidagiga qaraganda sekin isiydi. Bu jarayonlar suvning
            yuza qatlamlarining quyi qatlamlari bilan tez almashinadigan va issiqlikni okeanning
            chuqur  qatlamlariga  tarqatuvchi  rayonlarda  ayniqsa  sezilarli  bo‘ladi.  Aerozollar
            ta’siriga uchragan mintaqalarda isish sur’atlari kamayadi.
                   Global iqlim o‘zgarishining eng noqulay oqibatlari sifatida quyidagilarni qayd etish
            mumkin:

                     ko‘pgina  tropik  va  subtropik  regionlarda  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari
            hosildorligining yalpi kamayishi kuzatiladi;
                     mo‘tadil  kengliklardagi  ko‘plab  regionlarda  hosildorlikning  yalpi
            kamayishi ma’lum tebranishlar bilan kuzatiladi, buning asosiy sababi o‘rtacha yillik
            haroratning bir necha darajaga ko‘tarilishidir;
                     uy mollari va yovvoyi hayvonlarga issiqlik taziyqi ortadi;
                     tuproq eroziyasi va sho‘rlanishi kuchayadi;
                     suv yetishmaydigan ko‘plab regionlarda, ayniqsa subtropiklarda aholi jon
            boshiga o‘g‘ri keladigan suv miqdori yanada kamayadi;
                     suv resurslarining sifati va miqdori kamayadi;
                     kuchli yog‘inlar va dengiz sathining ko‘tarilishi toshqin xavfini oshiradi, bu
            esa o‘n millionlab odamlarni halokatga olib keladi
                     toshqinlar  va  qurg‘oqchilik  miqyosining  hamda  ularning  Osiyoning
            mo‘tadil va tropik iqlimli rayonlariga keltiradigan ziyoni ortadi;

                     toshqinlar,  tog‘  ko‘chkilari,  qor  surilmalari  va  sel  toshqinlari  natijasida
            keladigan ziyon ortadi;
                     o‘rmon yong‘inlari xavfi ortadi;
                     qirg‘oq  bo‘yi  eroziyasi  va  undan  qirg‘oq  bo‘yidagi  imoratlar  va
            infrastrukturaga bo‘ladigan ziyon ortadi;
                     qirg‘oq bo‘yi ekosistemasiga, jumladan marjon orollari va ulardagi rang -
            barang jonzodlarga katta ziyon yetadi;
                     qurg‘oqchilikka uchragan rayonlarning gidroenergetik potensiali kamayadi;
                     yozgi  haroratning  ko‘tarilishi  havoni  sovitish  maqsadida  ishlatiladigan
            energiyaga bo‘lgan talabni orttiradi;

                                                           130
   125   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135