Page 131 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 131
turistik yo‘nalishlar o‘zgaradi.
Ta’kidlash lozimki, iqlim o‘zgarishining dunyo bo‘yicha quyidagi foydali
imkoniyatlari ham mavjud:
o‘rta kengliklarning ayrim regionlarida haroratning bir necha darajaga
ko‘tarilishi tufayli qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi ortadi;
o‘rmonchilik bo‘yicha yaxshi tajribaga ega bo‘lgan regionlarning jahon
bozoriga taklif etadigan yog‘och materiallari miqdori ortadi;
ayrim regionlarda, masalan, Janubi - Sharqiy Osiyo mamlakatlarida suv
ko‘payadi;
o‘rta va yuqori kengliklardagi aholi orasida qishqi davrdagi o‘lim
kamayadi;
qishki haroratning ko‘tarilishi uy-joylarni isitishga sarflanadigan energiyani
kamaytiradi.
O‘zbekiston va unga tutash hududlarda iqlim o‘zgarishining oqibatlari.
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi iqlim o‘zgarishining oqibatlariga, birinchi
navbatda, agroiqlimiy va suv resurslari o‘zgarishlarini kiritish mumkin. Ulardagi
o‘zgarishlar respublikamizda tarqalgan tuproqlarning xossa-xususiyatlarini
yomonlashuvida, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sib-rivojlanishining
sustlashishida hamda Orolbo‘yi ekologik holatida va xususan Orol dengizida yuzaga
kelayotgan salbiy ko‘rinishlarda aks etadi.
Agroiqlimiy resurslarning o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
ta’sirini baholashda bazaviy iqlimiy ssenariyalar sifatida yuqorida ko‘rib chiqilgan
regional iqlimiy ssenariyalar tanlab olingan. Ular 2030 yilgacha bo‘lgan
o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi. Umumiy ssenariyaviy qiymatlar O‘zbekiston
hududining real iqlimiy xilma - xilligiga moslashtirilgan va shundan keyin ular
agroiqlimiy okruglar va rayonlar guruhlariga bog‘langan. Agroiqlimiy okruglar va
rayonlar bo‘yicha kelajakdagi 2015 - 2030 yillar davomida o‘rtacha mavsumiy
haroratning o‘zgarishi 19-jadvalda ko‘rsatilgan.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, cho‘l va chala cho‘l yaylovlari, Quyi
Amudaryoning sug‘oriladigan dehqonchilik rayonlari hamda Chirchiq-Ohangaron
agroiqlimiy rayonlar guruhi uchun sezilarli darajadagi qishki isish xosdir. Bahorgi
isish esa respublika shimolidagi yaylovlarda va Qizilqum okrugi rayonlari hamda
Zarafshon va Qashqadaryo okrugining sug‘orma dehqonchilik rayonlarida namoyon
bo‘ladi. Yozgi isish shimoliy cho‘l yaylovlari, Quyi Amudaryodagi sug‘oriladigan
yerlar va Farg‘ona, Zarafshon hamda Qashqadaryo okruglari (1-8, 12-14, 30-31) ning
sug‘oriladigan rayonlari uchun xosdir.
O‘zbekiston shimolidagi cho‘l rayonlarida kuz davri bir muncha isiydi va
uning davomiyligi ortadi. Asosiy isish esa Qizilqum okrugining janubiy qismiga
Chirchiq-Ohangaron, O‘rta Sirdaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo okruglari (1-4, 9-11,
20-26, 30, 31) ga tegishlidir. Umuman, mamlakatning cho‘l va chala cho‘l
rayonlarida eng yuqori darajadagi harorat o‘zgarishlari qish – bahor davrlariga,
sug‘oriladigan hududlarda esa yozgi – kuzgi davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraqalpog‘istonda barcha mavsumlarda havo haroratining sezilarli darajada
ko‘tarilishi kuzatiladi. Natijada hududning termik resurslari ortadi. Qashqadaryo,
131

