Page 132 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 132
0
Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bahor - 0,5-2,0 S, yoz -
0
0
1,5-2,5 S, kuz – 0,5-2,0 S, qish esa 1,5-3,5 S ga isiydi. Boshqa viloyatlarda havo
0
0
haroratining bahorgi-yozgi-kuzgi davrlardagi o‘zgarishi 1,5 S dan ortmaydi.
19-jadval.
Agroiqlimiy okruglar va rayonlar bo‘yicha o‘rtacha mavsumiy havo haroratining
o‘zgarishi (1-2005-2010 yillar, 2-2020-2030 yillar)*
Qish Bahor Yoz Kuz
Okruglar Rayonlar
1 2 1 2 1 2 1 2
Ustyurt, Shimoliy Qoraqum 1,4 1,0 2,0 0,5 1,0 0,5 1,2 0,7 1,5
Orol 2,3 1,3 2,8 0,5 0,9 0,8 1,6 0,8 1,3
Quyi Amudaryo 5 1,0 2,7 0,2 0,6 0,5 1,0 0,4 0,6
6-8 1,0 2,5 1,0 1,3 0,4 0,9 0,2 0,5
Qizilqum
9-10 1,0 2,5 0,1 0,2 0,2 0,7 1,6 2,2
Sandiqli 11 1,1 1,9 0,1 0,2 0,1 0,3 0,3 1,4
Chirchiq — Ohangaron 12-14 0,7 1,7 0,2 0,4 0,4 0,8 0,6 1,9
15-17 0,5 0,5 0,1 0,3 0,3 0,7 0,4 1,1
O‘rta Sirdaryo
18-19 0,6 21,2 0,2 0,4 0,1 0,2 0,3 0,7
Farg‘ona 20-26 0,7 1,6 0,3 0,8 0,6 1,0 0,7 2,0
Zarafshon 27-29 0,4 1,0 0,4 1,0 0,4 1,0 0,6 0,9
Qashqadaryo 30-31 0,5 1,2 0,6 1,4 0,3 0,8 0,7 1,6
Surxondaryo 32,33 0,6 1,5 0,1 0,4 0,2 0,2 0,2 0,6
Izoh: okruglar (rayonlar nomeri): 1—Ustyurt, 2,3 — Orol, 4 — Shimoliy Qoraqum, 5 — Quyi
Amudaryo, 6—10 — Qizilqum, 11 — Sandiqli, 12—14 — Chirchiq —Ohangaron, 15—19 — O‘rta Sirdaryo,
20 — 26 — Farg‘ona, 27 — 29 — Zarafshon, 30 — 31 — Qashqadaryo, 32 — 33 — Surxondaryo.
*V.E.Chub «Izmenenie klimata i yego vliyanie na prirodno-resursnыy potensial Respubliki
Uzbekistan», 2000y.
Isish natijasida quruq tropiklar bilan mo‘tadil iqlim mintaqalari orasidagi
chegara shimolga tomon 150-200 km ga suriladi, balandlik iqlim mintaqalarida esa
150-200 metrga ko‘tariladi.
Respublika agroiqlimiy resurslarining xilma-xilligi, ularning yillararo
o‘zgaruvchanligi va iqlimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda havo
haroratining taxmin qilinayotgan o‘sishi, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligiga har tomonlama ta’sirini hisobga olishni talab etadi.
Atrof-muhitda karbonat angidrid konsentratsiyasining ortishidan kelib
chiqadigan bevosita effekt ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va
hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar vegetatsiyasining barcha qulay
sharoitlari bilan bir qatorda karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining ikki marta
132

