Page 134 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 134
hajmining qisqarishi holatida suvning taqchilligi 500 foizdan ortib ketib, 2005 yildagi
2 km³ dan 2050 yilga kelib 11-13 km³ ga yetadi; natijada ayniqsa shimoliy
tumanlarda vegetatsiya davrining cho‘zilishi, bu o‘z navbatida qishloq xo‘jalik
ekinlarining yangittan ekilishi uchun imkoniyatlar berishiga olib keladi (Iqlimning
o‘zgarishi to‘g‘risidagi BMTning Hadli Konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining Ikkinchi Milliy axboroti, 2008).
Iqlimning o‘zgarishi – bu nafaqat istiqbolning, balki bugungi kunning ham
muammosidir. Zamonaviy dehqonchilik strategiyasi mazkur stress holatlarining
vujudga kelishini hisobga olishi kerak. O‘zbekistonda tuproqdan oqilona foydalanish
va uni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi sharoitlarida tabiiy resurslarni muhofaza
qilish hamda oqilona foydalanishning umumiy muammolarida alohida o‘rin tutadi.
Tuproq resurslari maydoni va sifati jihatidan chegaralangan. Ularning zamonaviy
holati xavotirga soladi, chunki oxirgi 30-50 yilda tuproq, gumus va oziqlanish
elementlari bilan birlashib ketgan, sho‘rlanishga, suv va shamol eroziyasiga
uchragan, og‘ir metallar, ftoridlar, agroximikatlar va h.k.lar bilan ifloslangan.
Respublikamiz territoriyasining 76 foizi kenglik tuproq-iqlim zonasi tizimidagi cho‘l
mintaqasiga kiradi, ushbu mintaqada sur-qo‘ng‘ir, taqir tuproqlar va taqirlar, qumli
cho‘l tuproqlari, sho‘rhoklar va gidromorf tuproqlar tarqalgan. Ushbu hududlarda
qurg‘oqchilik, cho‘llanish va sho‘rlanish havfi ortib boradi, kuchli issiq,
qurg‘oqchilik va suv yetishmovchiligi kuzatiladi, natijada ekin unumdorligi pasayib
ketadi. Shuningdek, mamlakatimiz territoriyasining 23,4 foizini balandlik mintaqalari
tashkil etadi va bu yerda – och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar, karbonatli, tipik
va ishqorsizlangan tog‘ jigarrang, tog‘ qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir-o‘rmon, och tusli qo‘ng‘ir,
o‘tloqi-dasht tuproqlar, shuningdek balandlik mintaqalarining gidromorf tuproqlari
tarqalgan (O‘zbekiston Respublikasining yer resurslari holati bo‘yicha milliy hisobot,
2010). Mazkur zonada mevali ekinlar uchun sovuq urishi xavfi, qurg‘oqchilik
xavfining yuqoriligi, qor erishining tezligi va o‘zgarishi davrining ortishi eroziya yoki
sel urishi holatlariga olib kelishi mumkin. Shu bois bu mintaqada tuproq
unumdorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalardan biri tuproq eroziyasiga
qarshi kurashish muammolari hisoblanadi.
Iqlimning o‘zgarishi sharoitlarida keyingi yirik muammolardan biri bu
tuproqning sho‘rlanishi muammolari. 2012 yildagi holatiga ko‘ra respublikaning
sug‘oriladigan yerlari umumiy maydonidan sho‘rlangan yerlari maydoni 49 foizni
tashkil qiladi.
Mazkur muammoga duch kelgan eng katta maydonlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona
viloyatlaridadir. Iqlimning o‘zgarishi natijasida aeratsiya zonasida yer osti suvlarini
jadal sarflanishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida ikkilamchi sho‘rlanishning
rivojlanishiga olib keladi. Bir qator tumanlarda sho‘rlanish qiyin sug‘oriladigan
gipslashgan tuproqlarni shakllanishi barobarida vujudga kelmoqda. Gipslashgan
tuproqlarning umumiy maydoni 301,7 min.ga tashkil etadi, ular Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida, Farg‘ona vodiysida
keng tarqalgan (Qo‘ziev, Sektimenko, 2009).
Shunday ekan, iqlim o‘zgarishida yerdan foydalanishni moslashtirish uchun
ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish bo‘yicha ishlarni olib borish, tuproqning
134

