Page 135 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 135
degradatsiyasini to‘xtatish imkonini beradigan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu borada, yerdan foydalanish va uni muxofaza
qilish samaradorligini oshirish, buzilgan yerlarni, jumladan o‘tloqerlarni qayta tiklash
(rekultivatsiya qilish), tuproqni eroziya va sho‘rlanishdan, cho‘llanish, ifloslanish,
dugumifikatsiya, zichlanish, tuproq unumdorligini hamda qishloq xo‘jalik ekinlari
hosildorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa salbiy oqibatlardan himoya
qilish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish lozim.
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda, iqlim o‘zgarishiga
agrosferaning moslashuvi sharoitlarida tuproqshunoslik sohasini rivojlantirishda
asosiy ustuvor masalalar quyidagilar hisoblanadi:
- uning biologizatsiya sharoitlarida, iqlim o‘zgarishiga dehqonchilikning
moslashuvi sharoitlarida arid (quruq) yerga ishlov berish jarayonlarini o‘rganish;
- sho‘rlanish, eroziya, degumifikatsiya, gipslanganligi, og‘ir metallar bilan
tuproqning ifloslanishi, ftoridlar va agroximikatlarga qarshi kurashishning nazariyasi
asoslari hamda samarador usullarini ishlab chiqish;
- tuproqning biologik faolligi, turli tuproq-iqlim va agrotsenoz sharoitlarida
uning hayvonot olamini o‘rganish va maqbullashtirish. Tuproq unumdorligini tiklash
va oshirish biologik usullarini ishlab chiqish;
- tuproq resurslaridan samarali foydalanish va muxofaza qilish sohasida yangi
agrotexnologiyalar, biotexnologiyalarni, GIS texnologiyalarni yanada rivojlantirish
va keng joriy etish;
- o‘g‘itlar va tashqi muhit faktorlari samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro harakatni
o‘rganish. Har bir o‘simlikning aniq navi oziqlanishini o‘rganish. Dehqonchilik
tizimining yangi moslashuviga qo‘llash mumkin bo‘lgan mineral o‘g‘itlardan
foydalanishning yangi tizimini ishlab chiqish;
- dehqonchilikning moslashuvchan-landshaft, ekologik xavfsiz tizimini ishlab
chiqish. Almashlab ekishning ilmiy-asoslangan sxemasini joriy etish, qishloq xo‘jalik
ekinlarini navbatlab ekish va joylashtirish. Suvni tejash texnologiyalaridan
foydalanish:
- tuproqlar va agrolandshaftlardagi uglerod balansini, haydaladigan
tuproqlardagi uglerodni depozitlashtirishni va emissiyasini, agrotsenozlarni
unumdorlikka ta’sirini hamda mazkur jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini
o‘rganish;
- o‘rmon resurslarini (tog‘, cho‘l, to‘qay) saqlash va ulardan samarali
foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tuproqni erroziya,
sho‘rlanishdan, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida
o‘rmon melioratsiyasini olib borish;
- Orol dengizi va unga tegishli maydonlarning qurigan tubidan foydalanish
maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish;
- iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik olib
borish, mazkur global muammoni hal etishda kelishilib olingan qarorlarni qabul
qilish va amalga oshirish;
- agrosferaga, shuningdek mintaqaning tuproq qatlamiga iqlim o‘zgarishining
ta’siri bo‘yicha monitoring tadqiqotlarini olib borish. Axborotni yig‘ish va tarqatish,
u bilan almashish tizimini rivojlantirish, arid mintaqa hududlari uchun ekologik toza,
135

