Page 35 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 35
Tuproqlar makrog‘ovaklarining yo‘qolishi umumiy aeratsiyani kamayishiga,
namlikning ortishiga va tuproq organizmlariga bo‘lgan salbiy ta’sirining
kuchayishiga olib keladi. Tuproqlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zichlanishi natijasida
mikroorganizmlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan oziqlanish joylaridan mahrum
bo‘ladilar. Yerlarning zichlanishi asosan tuproqlarning ustki qatlamlarida yuzaga
keladi va bu yuza qatlamlarda yashovchi hayvonlarga ko‘proq salbiy ta’sirga ega
bo‘ladi hamda aeratsiyaning buzilishi oqibatida mikroorganizmlar faoliyati ham
o‘zgaradi.
Tuproqning havo rejimi ─ bu tuproq unumdorligi omillaridan biri bo‘lib, havo
miqdori va tarkibini ma’lum davrlarda (sutkada, faslda, yilda) o‘zgarishi tushuniladi.
Tuproq tarkibidagi havo gaz holatida bo‘lib, uning bir oz qismigina tuproq suvida
erigan va tuproqning qattiq mineral qismiga o‘tgan bo‘ladi. Erkin havo suv bilan
band bo‘lmagan tuproq bo‘shliqlarini va g‘ovaklarini to‘ldiradi va unda aralashadi,
atmosfera bilan munosabatda bo‘ladi, havoning qisilgan qismi g‘ovakliklarda tuproq
suvidan ajralgan holatda ma’lum qismi tuproq zarrachalari tomonidan yutilgan
bo‘ladi. O‘simlik uchun eng muhim bo‘lgan havo erkin shakldagi havo hisolanib,
uning miqdori tuproq g‘ovakligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Minerallarga boy tuproqlarda
havo miqdori 25 % dan 75 % gacha, organik moddalarga boy va namligi yuqori
bo‘lgan tuproqlarda 88 % ga yetadi. Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan
tuproq g‘ovakligidagi suvning havoga nisbati 60:40 (%) bo‘lsa yaxshi hisoblanadi.
Ayrim o‘simliklar tuproq g‘ovakligidagi nisbat aksincha bo‘lganda (suv miqdori
ko‘p, havo kam) yaxshi rivojlanadi.
Tuproqning havo xossalari asosan havo sig‘imi, havo o‘tkazuvchanligi va
aeratsiyasidan iborat bo‘lib, atmosfera havosidan tashkil topgan tuproq havosining
almashish jarayonlari yig‘indisi hisoblanadi. Tuproqni atmosfera bilan gaz almashish
asosida SO 2 va va undagi O 2 har xil konsentratsiyasi turadi, u uzluksiz ildiz
oziqlanadigan qatlamlarda organik moddalar va boshqalarning parchalanishi
natijasida, mikroorganizmlar, tuproq faunasi, o‘simlik ildizlari nafas olish jarayonida
O 2 ni yutishi va SO 2 ni ajratishi bilan quvvatlanib turadi. Gaz almashish jarayoniga
tuproqning strukturasi va suv o‘tkazuvchanligi katta ta’sir qiladi. Tuproqning ustki
qatlamlarida O 2 18-20 %, SO 2 0,15-3 %, N 78-80 % dan iborat bo‘ladi. Tuproq
havosidagi kislorod o‘simliklarni SO 2 bilan nafas olishi uchun zarur, bu tuproq
qatlami ustidagi atmosferaga tushishi bilan ayrim tuproq birikmalarining
eruvchanligini oshiradi va o‘simlikning uglerod bilan oziqlanish manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Tuproq qatlamlarining zichlanishi yuqorida qayd qilingan
jarayonlarning buzilishiga, hosilning pasayishi va sifatining yomonlashishiga,
tuproqning fizik degradatsiyasiga va natijada unumdorligining pasayishiga olib
keladi.
§3.3. Tuproq qatqaloqligining hosil bo‘lishi
Sho‘rlanish va sho‘rtoblanish – biosferaga ta’sir qilayotgan muhim omillardan
bo‘lib, ular tuproq unumdorligini chegaralaydi va qishloq xo‘jaligida unumli
foydalanilishiga halaqit beradi. Dunyoning quruq mintaqalarida joylashgan davlatlar
35

