Page 36 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 36

tuproqlarining sho‘rlanishi nafaqat atrof-muhitga, balki iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan
            yirik muammolar manbai hisoblanadi.
                   Tuproq profilida tuzlarning to‘planishi turli xil tezlikda yuzaga keladi. Ayrim
            holatlarda  sho‘rlanish  jarayoni  shu  qadar  tezki,  hatto  tuproqning  ustki  qatlamida  u
            yoki  bu  darajada  qalin  tuzli  qatqaloq  hosil  bo‘ladi.  Tuproqli-tuzli  qatqaloqlar
            strukturasiz  tuproqlarning  cho‘kishi  va  qurishi  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Ko‘pgina
            holatlarda  atmosfera  yog‘ingarchiligi,  qish  fasli  davrida  muzlagan         tuproqlarning
            muzdan erishi, texnika va ish qurollarining ta’siri natijasida qatqaloq hosil bo‘ladi.
            Ayrim  atmosfera  sharoitlarida  tuproqlarning  haydalma  qatlamlaridagi  tuproq
            qatqaloqlarining  kapillyarlari  orqali  namlikning  parlanishi  kuchayadi,  natijada
            atmosferadan tushayotgan yog‘in miqdorining  yetib borishi qiyinlashadi, tuproq va
            atmosfera  o‘rtasidagi  gaz  almashish  jarayoni         yomonlashadi.  Bu  omillar  tuproq
            biotasi  faoliyatining  buzilishiga  va  o‘simliklar  uchun  zaharli  bo‘lgan  birikmalar
            (vodorod  sulfid,  metan  va  b.)  miqdorining  oshishi  va  to‘planishiga  sabab  bo‘ladi.
            Qatqaloq  o‘simlik  urug‘larining  unib  chiqishini  sekinlashtiradi,  o‘sishini
            qiyinlashtiradi va ayrim holatlarda batamom qurishiga olib keladi. Tuproqlarda o‘z
            vaqtida olib boriladigan agrotexnik tadbirlar qatqaloq hosil bo‘lishining oldini oladi.
            Masalan,  fizik  jixatdan  yetilgan  tuproqlarni  boronalash  yoki  mulchalash  samarasi
            katta  bo‘ladi  va  qatqaloqning  oldi  olinadi.  Egatlardagi  qatqaloqlar  -  suv  berilgach,
            og‘ir  boronalarda  buziladi  (maydalanadi),  ayrim  holatlarda  kultivatsiya           qilinishi
            mumkin.
                   Tuproq qatqalog‘ini urug‘ unib chiqmasdan avval yengil boronalash yo‘li bilan
            yo‘qotiladi,  texnik  va  boshqa  o‘simliklar  ekilgan  maydonlarning  jo‘yaklari  orasiga
            ishlov beriladi. Qo‘shimcha qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar ortiqcha energiya sarf
            bo‘lishiga  va  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  pasayishiga  olib  keladi.  Shu  sababli
            markazlashgan maxsus, tuproqning fizik xossalarini hisobga olgan holda unga ishlov

            bera oladigan mashinalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda
            tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash qobiliyatiga ega bo‘lgan               organo-
            mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish, kimyoviy melioratsiya, ko‘p yillik o‘t o‘simliklari
            va boshqa tadbirlarni qo‘llash tuproq qatqaloqlashishining oldini oladi.
                   Tuproqlarning  sho‘rlanishi  va  sho‘rtoblanishini  o‘rganish  tuproqshunoslikda
            o‘z tarixiga ega. Ayniqsa, tuproqlar  sho‘rlanishi rivojlangan, meliorativ holati yomon
            va  unumdorligi  past  bo‘lgan  davlatlarning  tuproqlarida  olimlar  tomonidan  keng
            nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Barcha tadqiqotlar o‘z davri tarixiga mos
            ravishda ilmiy va texnologik darajaga asoslangan holda o‘tkazilgan.
                   Sho‘rlangan  tuproqlarni  o‘rganish  va  melioratsiyasi  fundamental  fanlarning
            rivojlanishi  bilan  parallel  ravishda  rivojlangan.  Tuproqlarning  sho‘rlanishi  va
            sho‘rtoblanishining  asosiy  sabablaridan  biri,  tuproq  eritmasida  ko‘p  miqdorda
            elektrolitlarning  to‘planishi  va  tuproqning  qattiq  fazasi  bilan  o‘zaro  ta’siri  bilan
            bog‘liq. Bu jarayonning prinsiplari va uning kelib chiqish sabablari bugungi kunda
            yaxshi o‘rganilgan. Ammo tuproq eritmalarida elektrolitlarning to‘planish sxemasi va
            ularning  tuproq  zarrachalari,  materiallari  bilan  reaksiyasi,  sho‘rlanishning  kelib
            chiqish mexanizmi, tezligi va qatqaloqning hosil bo‘lish jarayoni to‘liq laboratoriya
            sharoitida  kam  o‘rganilgan.  Tuproqlarning  sho‘rlanishi,  sho‘rtoblanishi  va  uning
            kelib  chiqish  sabablari  hatto  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonlariga  nisbatan  yaxshi
                                                            36
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41