Page 37 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 37
o‘rganilgan bo‘lishiga qaramasdan, bu yo‘nalishda qator noaniqliklar va noma’lum
omillar faoliyat ko‘rsatadi.
Tuproqlarning sho‘rlanishi va sho‘rtoblanish jarayonlari bo‘yicha ko‘p
olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida qatqaloqning xavfliligi haqida (jarayonning
miqdoriy mexanizmisiz) ma’lumotlar keltirilgan. Tuproq qatqaloqlanishining kelib
chiqishi, jarayonning o‘zini miqdoriy jixatdan ma’lumotlariga ega bo‘lmasdan turib,
uning yo‘nalishining jadalligini samarali yo‘llar bilan boshqarish, salbiy
oqibatlarining oldini olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqib
bo‘lmaydi.
Olimlar tomonidan tuproqning ustki qismida tez qatqaloqlanish jarayonini fizik
modellashtirishning tajriba uskunasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu tezkor laboratoriya
sharoitidagi usulda sizot suvlaridagi, tuproq eritmasidagi, va tuproq qatqalog‘idagi
tuzlarning miqdoriy balansiga asoslangan holda tuproq qatqalog‘ining hosil bo‘lish
jarayoni bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish mumkin. Bunda tuzlar miqdorini
NaCI, MgCl 2∙6N 2O, SaS1 2∙6N 2O, Na 2SO 4∙10H 2O, Na 2CO 3 va SaSO 3 hosil bo‘ladigan
qatqaloqning qalinligiga va mustahkamligiga ta’sirini imkon darajasida o‘rganishni
ko‘rsatgan. Sizot suvlari tarkibidagi tuzlarning konsentratsiyasi quyidagi miqdorda
bo‘lganda qatqaloqlanish namoyon bo‘lishi aniqlangan: NaCI - 30 g/l, 58,5 g/l, 70
g/l; SaS1 2∙6N 2O - 30 g/l, 54,8 g/l, 70 g/l, 109,5 g/l; MgCl 2∙6H 2O - 30 g/l, 50,8 g/l, 70
g/l, 101,6 g/l; Na 2CO 3 - 53 g/l, 70 g/l; SaSO 3 - 50 g/l i 70 g/l. Qatqaloqning qalinligi
birlamchi eritmadagi, qatqaloqdagi, qatqaloq ostidagi hamda qatqaloq solishtirma
yuzasidagi ionlar miqdori bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Kamroq miqdorda
qatqaloqning mustahkamligiga qatqaloq ostidagi ionlar miqdori ta’sir qilishi
aniqlangan.
3-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
1. Tuproqlarni fizikaviy degradatsiyasining o‘ziga xos jixatlari nimalar?
2. Tuproqlarning fizikaviy degradatsiyasi tuproqning unumdorligi va
xossalariga ta’sir etadimi?
3. Tuproqlarning o‘ta zichlanishi qanday yuzaga keladi?
4. Tuproqning qatqaloqlanishi va uning salbiy ta’sirlari?
5. Qishloq xo‘jalik texnikalari vositasida tuproq degradatsiyasining vujudga
kelishi va salbiy jixatlari?
6. Fizikaviy degradatsiyasiga uchragan tuproqlarning xossalarini yaxshilash
uchun qanday tadbirlar amalga oshirish maqsadga muvofiq?
4-bob. Tuproqning kimyoviy degradatsiyasi
§4.1. Tuproqning kimyoviy degradatsiyasi, degumifikatsiyasi va gipslashishi
Tuproqlarning degradatsiyasi tushunchasi XXI asrga kelib ko‘proq
eshitiladigan va ko‘proq qo‘llaniladigan bo‘ldi. Sababi, insoniyat yer resurslariga
oddiy ta’siri bugungi kunda murakkab tus oldi, ya’ni bevosita va bilvosita tarzda
37

