Page 39 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 39
Muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi (2008) tomonidan aniqlangan ayrim fikrlarni
keltiramiz:
sug‘oriladigan yerlarning maydoni kamayishi, meliorativ holatining
yomonlashuvi va xo‘jalikda foydalanish
sho‘rlangan va eroziyaga uchragan yerlarning ko‘payishi
sug‘orma yerlarning haydaladigan qatlamlari osti zichlanishi
haydaladigan yerlarda gumus va ozuqa elementlari muvozanatining salbiy
tomoniga oshib borishi.
Ko‘rsatib o‘tilgan salbiy jarayonlar qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan
yerlar maydonining kamayishiga, yerning kimyoviy, suv-fizikaviy, fizik-kimyoviy
holati buzilib, hosildorligining kamayishiga olib keladi. Tabiiy tizimining ekologik
barqarorligi ko‘rsatilgan jarayonlar natijasida keskin pasayadi.
Amudaryo va Sirdaryo havzalari tekis maydoni umumiy pasttekislikni tashkil
etib, drenaj suvlarini quyilish ehtimoli kam, iqlimning quruqligi, atmosfera
yog‘ingarchiligining kamligi hamda yuqori parlanish yerning yuqori gorizontidagi tez
eruvchan tuzlarning yig‘ilishiga olib keladi. Shuning uchun, tog‘ oldi quyi qismidan
boshlab, sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda, to‘shama tuproqlarning hozirgi va
qadimiy sho‘rlanganligini, ikkilamchi sho‘rlanish xavfini inobatga olish kerak.
So‘nggi 3-4 yil mobaynida kompleks tadbirlarni joriy qilish yo‘li bilan
sug‘orma yerlar unumdorligining jadal sur’atlar bilan barqaror o‘sish tendensiyasi
kuzatilmoqda, qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir
etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni baholash, gidromeliorativ tizimlarini
rekonstruksiyalash va qurish ishlari olib borilmoqda, ularning texnik holati
yaxshilanmoqda. Bunda xo‘jaliklararo bo‘lgani kabi ichki xo‘jalik drenaj
tarmoqlarini ham tozalashga katta e’tibor qaratilmoqda, har yili sho‘rlangan yerlar
yuvilib, taqchil sug‘orish suvi tejamkorona ishlatilmoqda.
Biroq, shunga qaramay, sug‘oriladigan yerlarda tuz to‘planishi va ikkilamchi
sho‘rlanish xavfi bartaraf bo‘lmayapti, tuproq zaharli tuzlarining ta’siridan
unumdorligini yo‘qotishda davom etmoqda. Sho‘rlanishga qarshi chora-tadbirlar
yetarlicha bo‘lmaganligi sababli, sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi
aylanmasidan chiqish holatlari kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash muhimligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi «Erlarning meliorativ holatini yaxshilash
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3932-sonli
Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 31 oktyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash fondi jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-718-sonli Qarori qabul
qilingan. Ularning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 martdagi «2008-2012 yillar davrida
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat Dasturi to‘g‘risida»gi
PQ-817-sonli Qarori qabul qilingan bo‘lib, unda 2008 yildagi melioratsiya ishlarga
davlat byudjetidan 75 mlrd.so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.
39

