Page 40 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 40
§4.2. Tuproqdagi ozuqa moddalar va makro-mikroelementlarning kamayishi
Tuproqdagi o‘simliklar va hayvon organizmi uchun nihoyatda oz miqdorda
zarur bo‘lgan qator kimyoviy elementlar borki, ular mikroelementlar deyiladi.
Mikroelementlar jumlasiga bor (V), marganes (Mn), molibden (Mo), mis (Cu), rux
(Zn), kobalt (Co), yod (J), ftor (F) singarilar kiradi. Bulardan ayrimlarining biologik
roli yaxshi o‘rganilgan.
Mikroelementlar o‘simliklar va hayvonlar hayotida muhim fiziologik hamda
biokimyoviy ahamiyatga ega. Ular qator fermentlar, gormonlar va vitaminlar
tarkibiga kiradi. Mikroelementlarning tuproqda yetarli bo‘lmasligi yoki miqdorining
oshib ketishi organizmlarda kechadigan biologik jarayonlarga salbiy ta’sir etadi va
turli kasalliklarga sabab bo‘ladi. O‘simliklar hosili pasayib mahsulotlar sifati
kamayadi. Hozirgi vaqtda tuproqda mikroelementlar miqdori, ularning birikish
shakllari, tirik organizmlar hayotidagi rolini o‘rganish hamda tuproqdagi miqdori va
rejimini tartibga solish tadbirlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda
(Kruglova, 1966; Shadraimova va b., 1990; Gafurova, Piraxunova, 2001).
V.V.Kovalskiy tomonidan tuproqlardagi mikroelementlar miqdorini
ko‘rsatuvchi biogeokimyoviy provinsiyalar karta sxemasi tuzib chiqilgan.
O‘zbekistonning chorvachilik yaylovlari uchun yaratilgan ana shunday karta-
sxemalar katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Tuproqdagi mikroelementlar miqdori asosan birlamchi minerallar, qisman gil
minerallar va organik moddalar tarkibiga bog‘liq va litosferadagidan farq qiladi.
Quyida o‘simlik va hayvonot organizmlari hayoti uchun zarur bo‘lgan va yaxshi
o‘rganilgan ayrim mikroelementlar haqida to‘xtab o‘tamiz.
Mis (Cu). Tuproqdagi misning o‘rtacha miqdori 0,02 foizni tashkil etib, asosan
tuproqning gumusli gorizontlarida organik-mineral kompleks shaklida va singdirilgan
holatda bo‘ladi. Misning bir qismi birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibiga
kiradi. Tuproq kislotaliligining ko‘tarilishi bilan misning harakatchanligi ham oshadi.
Neytral va ishqorli tuproqlarda ko‘pincha o‘simliklar uchun mis yetarli bo‘lmaydi.
Tuproqdagi mis ona jins tarkibiga bog‘liq. Jumladan, Zarafshon vodiysidagi
kuzatishlarga ko‘ra slaneslarning g‘ovak jinslarida granitga nisbatan mis 2-3 barobar
ko‘pligi kuzatilgan. (Kruglova, 1966).
Mis muhim biologik ahamiyatga ega bo‘lib, turli oksidlovchi fermentlar
tarkibiga kiradi va oqsil moddalarning almashinuviga ijobiy ta’sir etadi. Tuproqda
mis yetishmaganda o‘simliklarda oqsillar sintezi pasayadi va hosili ancha kamayadi.
Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti xodimlarining tadqiqotlari Farg‘ona vodiysi
va Mirzacho‘lning sug‘oriladigan yerlari tuprog‘ida o‘simliklarning o‘zlashtirishi
uchun qulay bo‘lgan mis birikmalari juda kamligini ko‘rsatadi. Bunday yerlarda misli
o‘g‘itlar qo‘llanilganda paxta hosili 2,5-4 s/ga oshgan.
Hozirgi vaqtda Olmaliq kimyo zavodida tarkibida mis bo‘lgan ammofos olish
texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Rux (Zn). Tuproqning gumusli gorizontida ko‘proq to‘planadi va organik
moddalar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi. Shuningdek rux tuproq
kolloidlarida singdirilgan holda va turli minerallar tarkibida uchraydi. Rux miqdori
40

