Page 41 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 41
tuproqda o‘rtacha 0,005 foizni tashkil etadi. Rux o‘simliklardagi biologik
jarayonlarni va nafas olishda qatnashadigan fermentlar faoliyatini kuchaytiradi. Rux
yetishmasa o‘simlikdagi oqsil tez parchalanadi. Yorug‘likning kuchayishi bilan
o‘simliklarning ruxga bo‘lgan talabi oshadi.
Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlarida rux juda kam bo‘lib, ayniqsa
sabzavot ekinlari, makkajo‘xori va mevali daraxtlar uchun rux yetishmaydi. Shunday
tuproqlarga rux sulfat, rux oksidi va rux qo‘shilgan o‘g‘itlar qo‘llanilganda ekinlar
hosili oshadi va uning sifati yaxshilanadi.
Bor (V). Tuproqdagi alyumosilikatlar, ayniqsa gumusli qatlamdagi organik
birikmalar tarkibida ko‘proq to‘planadi. Tuproqdagi borning o‘rtacha miqdori 0,001
foiz atrofida.
Bor elementi o‘simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulining
changlanishi jarayonida katta rol o‘ynaydi. Bor yetishmaganda changlanmagan gullar
tushib ketadi va hosil ham kamayadi. Bo‘z tuproqlarda, ayniqsa gumusi ko‘proq
o‘tloq tuproqlarda harakatchan bor miqdori ancha ko‘proq. Bor yetishmaydigan
yerlarga bor kislotasi, bura va bor mikroelementi bilan boyitilgan o‘g‘itlar yaxshi
samara beradi.
Tuproqdagi mikro- va makroelementlar va ularni
o‘simliklardagi harakati
Molibden (Mo) qator minerallar tarkibiga kiradi va tuproq organik
moddalarida, singdirilgan holda ham bo‘ladi. Tuproqdagi o‘rtacha miqdori 0,0003
foiz. Molibden kislotali tuproqlarda marganes, mis, rux va kobaltga nisbatan kam
harakatchan bo‘ladi.
Molibden yuqori biogen xususiyatga ega bo‘lgan mikroelement bo‘lib,
dukkakli o‘simliklarda ko‘p to‘planadi. O‘simliklarda azot almashinuvida, ayniqsa
41

