Page 42 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 42

azot  to‘plovchi  azotobakteriyalar  va  tuganak  bakteriyalari  faoliyatida  muhim
            ahamiyatga  ega.  Molibden  yetishmasa  dukkaklilar  ildizida                tuganaklar  hosil
            bo‘lmaydi. Barcha o‘simliklarga oz miqdorda bo‘lsa-da, molibden zarur. Molibden
            o‘simliklar  hujayrasida  selitrani  ammoniyga  aylantiradigan  nitratreduktaza
            fermentining  tarkibiga  ham  kiradi.  Bu  ferment  yetishmasa  oqsil  moddalar
            sintezlanishi pasayadi. O‘simliklarga molibden saqlovchi o‘g‘itlar qo‘llanilganda va
            chigit ammoniy molibdenning 0,01 foizli eritmasida namlab ekilganda yaxshi natija
            beradi.
                   Marganes (Mn). O‘simliklar va hayvonlar organizmi uchun zarur va muhim
            mikroelementlardan hisoblanadi. Marganes o‘simliklarda fermentlar tarkibiga kiradi,
            fotosintez  faoliyatini  kuchaytiradi  hamda  oqsillar  hosil  bo‘lishida  muhim  rol
            o‘ynaydi.  Marganes  qator  minerallar  (radonit,  gausmonit,  manganazit)  tarkibida
            bo‘ladi. Tuproqning gumusli qatlamida va illyuvial gorizontida ko‘proq to‘planadi.
            Marganesning  tuproqdagi  o‘rtacha  miqdori  0,085  foiz  bo‘lib,  Markaziy  Osiyoning
            bo‘z  tuproqlarida  0,06-0,07  foiz  va  gidromorf  tuproqlarda  ancha  ko‘p.  Suvda
            eriydigan  nitrat,  xlorid  va  sulfat  birikmalari  tarkibidagi  marganes  o‘simliklarga
            yaxshi  o‘tadi.  Ishqorli  va  karbonatli  tuproqlarda  marganes  kam  harakatchan
            bo‘lganligi sababli o‘simliklar uchun yetarli bo‘lmaydi, nordon reaksiyali sharoitda
            aksincha  marganes  ko‘payib,  o‘simliklarga  zaharli  ta’sir  etadi.  Tuproqdagi
            o‘zlashtiriladigan  marganes  kam  bo‘lganda,  shu  mikroelementlarning  o‘g‘itlaridan
            foydalaniladi.
                   Kobalt (So) turli alyumosilikatlar tarkibida saqlanadi, kolloidlarda singdirilgan
            va turli organik-mineral birikmalar holida bo‘ladi. O‘simliklarda fotosintez jarayonini
            yaxshilaydi,  oqsil  almashinuvini  tezlashtiradi.  Kobaltning  tuproqdagi  o‘rtacha
            miqdori  0,008  foiz  bo‘lib,  gumusli  qatlamda  ko‘proq.  Ayrim  rayonlardagi
            tuproqlarda kobalt juda kam. Bunday yerlarga kobaltli mikroo‘g‘itlar qo‘llash yaxshi

            natija beradi.
                   Yod  (J)  odatda  tuproqning  yuqori  gumusli  qatlamida  ko‘proq  to‘planadi,
            o‘rtacha mikdori 0,0005 foiz. Markaziy Osiyoning to‘q tusli o‘tloq tuproqlarida bo‘z
            tuproqlarga  nisbatan  yod  ko‘proq  saqlanadi.  Yod  o‘simliklardagi  fotosintez
            jarayonida  aktiv  qatnashadi,  oqsil  moddalar  almashinuvini  tezlashtiradi.  Ayniqsa
            chorva  mollardagi  turli  kasalliklarning  oldini  olishda  yaylov  tuproqlari  va
            o‘simliklarda  yod  yetarli  bo‘lishi  kerak.  Yod  yetishmaganda,  shu  mikroelement
            saqlovchi preparatlar ishlatiladi.
                   O‘simliklarning mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasini baholash uchun,
            uning      tuproqdagi       harakatchan      formalarini      bilish     zarur.     Tuproqdagi
            mikroelementlarning  harakatchan  shakldagi  miqdori  juda  o‘zgaruvchan  bo‘lib,
            tuproqning  genetik  xususiyatlariga,  tuproqlarning  madaniylashtirish  holatiga  va
            boshqa sharoitlarga bog‘liq.
                   G.Ya.Rinkis  tuproqdagi  harakatchan  mikroelement  miqdorini  baholashning
            quyidagi gradatsiyasini tavsiya etadi (mg-kg hisobida):
                   1.  Mikroelementlarga  juda  kambag‘al  -  Cu<0,3;  Zn<0,2;  Mn<0,1;  Co<0,2;
            Mo<0,05; B<0,1;
                   2.  Mikroelementlarga  kambag‘al  Cu<1,5;  Zn<l;  Mn<10;  Co<1;  Mo<0.15;
            B<0,2.
                                                            42
   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47