Page 46 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 46
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, qo‘rg‘oshinning ko‘p xossalari
yuqori bo‘lib, tuproq va unda mavjud biologik olamga salbiy ta’sir etishi bilan xavfli
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qo‘rg‘oshin bilan ifloslanish holatlari ko‘p
uchrovchi yo‘l yoqalari va atrofida tegishli tadbirlarni tatbiq etish muhim.
Ifloslanish manbalaridan chiqqan og‘ir metallar va ularning birikmalari u yoki
bu ko‘rinishda atrof muhitga tushadi va biosfera komponentlari orasida bir-biriga
ma’lum qonuniyat bilan o‘tib, ifloslanishni vujudga keltiradi. BMT 1973 yilda inson
uchun havfli bo‘lgan moddalar ro‘yxatini qabul qilgan, ular orasida S gazi, uglerod
oksidi va dioksidi, nitratlar, nitritlar, nitrozaminlar, ammiak, simob, qo‘rg‘oshin,
kadmiy, undan tashqari turli metall konsentratsiyasini tutgan havodagi changsimon
zarrachalar ahamiyatga egadir.
Tuproq qoplamini og‘ir metallar bilan ifloslantiruvchi asosiy manbalar
galvanika sexlari, tog‘-kon qurilish sexlari, qora va rangli metallurgiya,
mashinasozlik va kimyo zavodlari hisoblanadi. Og‘ir metallar o‘g‘itlar va pestitsidlar
tarkibida ham oz miqdorda bo‘ladi.
Dunyo bo‘yicha bugungi kunda zaharli moddalarning havoda 1300 dan, suvda
1100 dan ortiq turining REChU belgilangan. Hozirgi vaqtda zaharli deb hisoblangan
moddalar 3000 ga yaqinlashgan, ularning ko‘pchiligi organik birikmalardir. Amaliy
jihatdan barcha metallar biologik jarayonlarda faol qatnashadi, ular barcha fermentlar
3
tarkibiga kiradi. Zichligi 8 g/sm dan yuqori bo‘lgan metallar og‘ir metallar
hisoblanadi. Jumladan bularga eng ahamiyatli bo‘lgan 10 ta og‘ir metallarni kiritish
mumkin: Pb, Cu, Zn, Ni, Cd, Co, Sb, Sn, Vi, Hg. Quyida ayrim og‘ir metallarga
qisqacha tavsif beriladi:
Vanadiy - V , V
5+
4+
Vanadiy temir rudalari, neft, alfalt, bitum, qaynoq slaneslar, ko‘mir va
boshqalar tarkibida uchraydi. Vanadiy bilan ifloslanishining asosiy manbasi bo‘lib
neft va uni qayta ishlash mahsulotlari hisoblanadi. Tabiiy holda vanadiy juda kam
konsentratsiyada uchraydi. Biroq suv manbalarida ko‘proq uchraydi, xususan daryo
3
3
suvlarida 0,2-0,4 mkg/dm , dengiz suvlarida – o‘rtacha 2 mkg/dm . Suvda vanadiy
6-
4-
mustahkam anion kompleksi (V 4O 12) , va (V 10O 26) shaklida uchraydi. Vanadiyning
harakatlanishida uning organik moddalar, ayniqsa gumin kislotalar bilan hosil qilgan
oson eruvchi kompleks birikmalarining roli muhimdir.
Vanadiyning yuqori konsentratsiyasi inson sog‘ligi uchun zararli hisoblanadi.
3
Uning REChU miqdori 0,01 mg/dm ga teng.
2+
Vismut – Vi
Tuproq qoplamini vismut bilan ifloslantiruvchi manba minerallarning
ishqorlanish jarayoni, undan tashqari formasevtika va parfyumeriya zavodlari
chiqindi suvlari, oyna ishlab chiqarish zavodlari qoldiqlari hisoblanadi.
Vismut ifloslanmagan yer usti suvlarida submikrogramm konsentratsiyada
3
uchraydi. Uning yuqori konsentatsiyasi yer osti suvlarida – 20 mkg/dm ni, dengiz
3
suvlarida – 0,02 mkg/dm ni tashkil qiladi. Vismutning REChU ko‘rsatkichi 0,01
3
mkg/dm ga teng.
2+
Kadmiy – Sd
Kadmiy tuproqlarni ishqorlanishi, polimetall va ruxli rudalar, suv
jonivorlarining chirishi natijasida tushadi. Qadmiy birikmalari yer osti suvlari
46

