Page 47 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 47

tarkibiga  qo‘rg‘oshin  –  rux  zavodlari  oqava  suvlari,  ruda  qazib  olish  fabrikalari,
            galvanik  materiallar  ishlab  chiqarish  zavodlari  chiqindilari,  undan  tashqari  shaxta
            suvlari  yer  usti  suvlariga  bog‘liq  holda  o‘tadi.  Qadmiyning  eruvchan  birikmalari
            konsentratsiyasi sorbsiya jarayoni va suv organizmlari hisobiga kamayishi kuzatiladi.
                   Kadmiy birikmalari inson va hayvonlar hayot faoliyati jarayonida muhim rol
            o‘ynaydi. Uning yuqori konsentratsiyasida zaharli ta’sir qiladi.  kadmiyning REChU
                           3
            0,001 mg/dm  ko‘rsatkichga teng.
                                 2+
                   Kobalt – So , So     3+
                   Kobalt      birikmalari     tuproq    qoplamiga       rudalardan,     organizmlar      va
            o‘simliklarning  chirishi  orqali  o‘tadi,  undan  tashqari  tuproqlarga  metallurgiya
            zavodlari va kimyo zavodlarining oqava suvlari orqali tushadi.
                   Kobalt  V 12  vitamini  tarkibiga  kirib,  kamqonlikning  oldini  oladi.  U  azotli
            moddalarning  o‘zgarishida  faol  qatnashadi,  xlorofill  va  askorbin  kislotalarni
            ko‘paytiradi,  biosintezni  tezlashtiradi  va  o‘simliklarda  oqsil  azotining  miqdorini
            oshiradi. Kobalt ifloslanmagan va kuchsiz ifloslangan daryo suvlarida 1 dm  da mg
                                                                                                    3
            ning 10 dan to 1000 ulushi oralig‘ida tebranib turadi. Dengiz suvlarida o‘rtacha 0,5
                      3
                                                                                         3
            mkg/dm miqdorda uchraydi. Uning REChU ko‘rsatkichi 0,1 mg/dm  ga teng.
                                       4+
                                2+
                   Qalay – Sn , Sn
                   Qalay  atrof–muhitga  qalay  saqlovchi  minerallarning  ishqorlanish  jarayoni
            natijasida tarqaladi. Undan tashqari tuproqlarga turli ishlab chiqarish korxonalarining
            chiqindi suvlaridan ham o‘tadi. Aniqlanishicha, qalayning zararli ta’siri uncha yuqori
            emas. Ifloslanmagan tuprolarda uning miqdori submikrogrammda uchraydi, yer osti
                                                              3
            suvlarida  esa  uning  konsentratsiyasi  1dm   da  mg  birligigacha  ortadi.  Qalayning
            REChU ko‘rsatkichi 2 mg/dm  ga teng.
                                              3
                   Respublikamizda  tuproqlarning  og‘ir  metallar  bilan  ifloslanishi  va  tuproq
            xossalariga ta’siri doirasida ilmiy tadqiqot ishlari yetarlicha olib borilgan. Bu o‘rinda

            yetuk  olimlarimiz  Riskieva  X.T.,  Riskiev  R.R.,  Nasedjanov  M.,  Mirsadikov  M.,
            Abdraxmonov  T.,  Axmedov  Sh.  va  boshqalarni  keltirishimiz  mumkin.  Albatta
            hukumatning  tegishli  ilmiy  tadqiqot  tashkilotlari  ham  doimiy  tarzda  ish  olib
            borishadi.
                   Keyingi  vaqtlarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  natijasiga  ko‘ra,  Toshkent
            viloyatining  ayrim  tumanlarida  (Olmaliq,  Angren)  og‘ir  metallar  bilan  ifloslanish
            darajasi ortmoqda. Ayniqsa qishloq xo‘jalik ekinlari piyoz, kartoshka, sabzi, lavlagi,
            karam, bodring, pomidor, makkajo‘xori kabi o‘simliklarda og‘ir metallar miqdorining
            bir necha marta ortishi kuzatilgan.
                   O‘zbekistonda  sanoat  korxonalari  ko‘p  bo‘lgan  hududlardan  biri  Navoiy
            viloyati  hisoblanadi.  Xususan,  shaharda  joylashgan  Navoiy  azot  korxonasi,
            Elektrokimyo  zavodi,  Navoiy  IES,  Fosforit  zavodi,  Navoiy  sement               va  boshqa
            sanoatlarning uzoq yillik faoliyati mobaynida ifloslanishlar kelib chiqmoqda. Tuproq
            qoplamining  og‘ir  metallar  bilan  ifloslanishi  xorij  mamlakatlarida  ham  keng
            o‘rganilgan.  Xususan,  R.Vakela-kurto  (1992)  Finlandiya  qishloq  xo‘jaligi
            haydaladigan yerlarida qalay, qadmiy, qo‘rg‘oshin, rux va nikel miqdorini va tuproq
            xossalariga  ta’sirini  o‘rgangan.  Shu  bilan  bir  qatorda  ushbu  muallif  113  kunlik
            kuzatuvi  mobaynida  qadmiy  –  31  %  va  qo‘rg‘oshin  –  16  %  ga  oshganligini
            ta’kidlaydi.
                                                            47
   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51   52