Page 48 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 48
R.G.Mclaven (1970-90) esa bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni quyidagicha
guruhga ajratdi:
1) og‘ir metallar bilan ifloslanish manbalari va ifloslanish darajasini aniqlash;
2) og‘ir metallarni dala sharoitida bevosita vegetatsion tajribalar mobaynida
o‘rganish;
3) og‘ir metallarning kimyoviy xossalarini yanada to‘laroq o‘rganish;
4) og‘ir metallarni o‘rganish va tahlil qilish metodlarini ishlab chiqish;
5) og‘ir metallarning o‘simlik, hayvon va insonlar sog‘ligi uchun salbiy
ta’sirlarini o‘rganish hamda tadbiq qilish.
U.Smit tuproqning nafas olish jarayoniga og‘ir metallar ta’sirini o‘rganib,
nikel, qadmiy, vanadiy elementlarining tuproqdagi SO 2 gazi hosil bo‘lishiga salbiy
ta’sirini aniqlagan.
Tajribada og‘ir metallar 1000 mg/kg miqdoriy dozada solinib, rux, mis va
nikelning SO 2 gazi hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’siri katta ekanligi kuzatiladi. 10
mg/kg dozadagi qadmiy tuproqning kislorod muvozanatini kamaytirib, SO 2 gazining
ajralishini 40% ga susaytiradi, biroq qadmiy 0,01 mg/kg dozada tuproqning
kislorodga bo‘lgan talabini tezlashuviga ta’sir ko‘rsatadi. 100 mg/kg simob tuproq
nafas olish jarayoniga ingibitor sifatida ta’sir qiladi. Biroq og‘ir metallarning yuqori
miqdori (1000 mg/kg) torfli va loyli tuproqlarda nafas olish jarayoniga sezilarli ta’sir
qilmaydi.
Tuproqqa tushgan og‘ir metallar va ularning birikmalari ba’zan kuchli ta’sirga
ega bo‘lmasligi mumkin. Chunki tuproq mikroorganizmlarining zararli ta’sirga
nisbatan (adaptatsion) moslashishi, qarshilik ko‘rsatish xususiyatini ham hisobga
olish zarur. Ba’zida tuproqqa tushgan ifloslovchi moddalar tuproq
mikroorganizmlariga ijobiy ta’sir qilishi ham kuzatilgan.
Masalan, tuproqning fenol birikmalari bilan ifloslanishi tuproqda yashovchi
fenol birikmalari bilan oziqlanuvchi bakteriyalar sonini oshib ketishiga qulaylik
tug‘diradi. Bu turdagi bakteriyalar soni ifloslangan tuproqlarda ifloslanmagan
tuproqlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi (Grodniskaya va b., 2010, Riskieva va b., 2000,
2012).
Tuproq qoplamiga tushgan og‘ir metallar tuproqning biologik, biokimyoviy,
agrokimyoviy, kimyoviy xossalariga va havo, oziqa hamda suv rejimiga ta’sir qiladi.
Xorijiy davlatlarda va respublikamizda og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarning
xossalarini o‘zgarishi va tozalash usullari bo‘yicha bir qator olimlar tadqiqot olib
borishgan.
Og‘ir metallar tuproqning organik moddalar transformatsiyasi, tuproq
mikroorganizmlariga, fermentlar faolligiga, tuproq nafas olish faolligiga, azot
o‘zlashtirilish jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlar hujayrasi tashqi qobig‘iga misning salbiy ta’siri kuchli
bo‘lsa, hujayra ichki muhitiga simob kuchli ta’sir ko‘rsatib oqsil va boshqa
biomolekulalardagi muhim SH – atom guruhiga, tur tarkibiga, tuproqdagi nafas olish
va fermentlar faolligini buzilishiga olib keladi.
Nikel, qadmiy va vanadiy elementlari tuproqda SO 2 gazini ajralishiga
sekinlashtiruvchi ta’sir qiladi.
48

