Page 49 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 49

Og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproq xossalarini o‘rganish muhim bo‘lib, bir
            qator  olimlarning  tadqiqotlarini  ko‘rsatish  mumkin.  Xususan,  N.A.Kirpichnikov  va
            uning  shogirdlari  (1993)  Moskva  atrofidagi  o‘rmon  –  podzol  tuproqlarida  og‘ir
            metallarning ona jins – tuproq – suv – biomassa tizimi doirasida o‘rgandi. Bu olimlar
            Pb, Ni, Zn, Cu, Cd, qatori Pb, Ni, Zn va Cu elementlarining harakatlanishini chuqur
            o‘rgangan.
                   L.K.Mitchell, A.P.Karathanasis (1992) lar qamish (Scirpus validus) va kichik
            bargli  o‘t  (Typa  angustigolia)  o‘simliklarini  og‘ir  metallar  bilan  ifloslangan  oqava
            suvida 12 hafta ushlab turish bilan suvdagi og‘ir metallarni o‘simliklar orqali yig‘ib
            olishgan. Bunda 1 litrda Fe – 30 mg, Su – 10 mg, Sr – 5 mg, Ni – 5 mg, Pb – 5 mg,
            Zn – 5 mg, Cd – 0,5 mg miqdorida to‘planib, Fe konsentratsiyasi 62 %, Cr – 54 %,
            Pb – 39 %, Cu – 22 % ga kamaygan.
                   To‘plangan  manbalardan  ma’lumki,  og‘ir  metallar  tuproqning  biologik,
            kimyoviy  xossalariga,  organik  moddalariga,  tuproq  organizmlariga,  biomassa  va
            boshqa xossalariga ta’sir qiladi.
                   Guzev va boshqalar o‘rmon – podzol tuproqlaridagi Pb miqdorini aniqlab, bir
            qator xossalarini o‘rgangan. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, tuproq tarkibidagi 200 mg/kg
            qo‘rg‘oshin  azotfiksatsiya  jarayoniga  sekinlashtiruvchi,  10  mg/kg  miqdori
            stimulyativ ta’sir qilgan.
                   Navoiy  viloyatining  sug‘oriladigan  tuproqlarining  og‘ir  metallar  bilan
            ifloslanish  va  bir  qator  xossalariga  ta’sirini  o‘rganish  bo‘yicha  Sh.Ahmedov
            tadqiqotlar  olib  borgan.  U  Navoiy  shahri  atrofida  tarqalgan  sur  tusli  qo‘ng‘ir
            tuproqlarda  genetik  qatlamlar  bo‘yicha  turli  masofalardan  kesmalar  qazigan  va
            tuproqlarni  makromorfologiya  xususiyatlari  va  tuproq  tarkibidagi    og‘ir  metallar
            miqdorini o‘rgangan.
                   Olingan  natijalarni  tahlil  etish  mobaynida  bir  qonuniyatni  aytish  mumkinki,

            ifloslovchi  manbaga  nisbatan  turli  masofalarda  og‘ir  metallar  bilan  ifloslanish
            turlicha  bo‘lib,  ifloslanish  manbasi  atrofida  ifloslanish  darajasi  bir  muncha  yuqori.
            Huddi shu mexanizmga monand holda hududda tarqalgan o‘simlik bargi, poyasi va
            ildizida turlicha miqdorda uchraydi, bunga ko‘ra o‘simlik ildizida og‘ir metal miqdori
            ko‘p  to‘plangan,  bu  esa  o‘z  o‘rnida  atmosfera  havosiga  nisbatan  tuproq  qoplamini
            kuchliroq ifloslanganligidan dalolatdir. Vaxolanki, o‘simliklarni asosiy qismlari yer
            ustida  bo‘lib,  ifloslanish  omili  ham  ko‘proq  yer  usti  qismi  orqali  amalga  oshadi.
            Tuproq  qatlamlari  esa  og‘ir  metallar  miqdori  tabiiy  holda  pastki  qatlamga  tomon
            kamayib boradi  (8-jadval).
                   Og‘ir metallar tuproq qoplamiga tushgandan keyin yillar davomida kompleks
            holda tuproqga ta’sir etadi, bu o‘rinda kompleks deyilganda bir necha xossalariga bir
            vaqtning o‘zida ta’sir etishi tushuniladi. Tuproqga tushgan muayyan og‘ir metall turi
            tuproq  mikroorganizmlari  faoliyatiga  va  biologik  faolligiga  ta’sir  etadi.  Natijada
            umumiy mikroorganizmlar nobud bo‘lishi va biologik faolligi susayishi kuzatiladi.
                   Yuqorida  ifloslanish  holatiga  tavsif  berilgan  tuproqlarning  agrokimyoviy
            xossalariga  og‘ir  metallar  quyidagicha  ta’sir  qilgan:  og‘ir  metallar  tuproqning
            kimyoviy  tarkibi  va  agrokimyoviy  xossalariga  ta’siri  yaqqol  sezilgan.  Biroq  og‘ir
            metallarning zaharli ta’sirida birinchi o‘rinda tuproq biologik faolligi, xususan tuproq
            fermentlari va mikroorganizmlari zarar ko‘rgan.
                                                            49
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54