Page 50 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 50
8-jadval
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproq va o‘simliklardagi qo‘rg‘oshinning miqdori
Tuproq namunalari Chuqurligi, Umumiy Harakatchan O‘simliklardagi miqdori
olingan nuqtalar sm miqdori, % shakli, mg/kg
NTMK dan 2,5 km 0-10 376 62,5 Shuvoq o‘simligi
uzoqlikda olingan 10-20 368 58,2 bargida-8,5, poyasida-
0,9, ildizida-30,2
NTMK dan 8 km 0-5 10 4,9 Shuvoq o‘simligi
uzoqlikda olingan 5-24 10 4,9 bargida-0,3
poyasida-0,9, ildizida-
3,8
Kimyo zavodidan 0-10 122 23,6 Lavlagi o‘simligi
1,3 km uzoqlikda 10-20 120 20,4 bargida-2,3, ildizida-9,2
olingan
Kimyo zavodidan 0-10 64 12,3 Lavlagi o‘simligi
6 km uzoqlikda 10-20 62 10,7 bargida-2,7
olingan ildizida-8,2
Uzoq vaqtdan beri sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan bu tuproqlarda og‘ir
metallar miqdorining ko‘pligi tuproqlardagi gips miqdori, sho‘rlanish, yuvilish va
sulfatlarning tanqisligi bilan izohlanadi, hamda bu o‘simliklar tarkibida ko‘p
to‘planishga sabab bo‘ladi.
Og‘ir metallarning oziq zanjiri orqali turli hayvonlar organizmida
harakatlanishi havodan, ayniqsa sanoat hududi va avtomagistrallar atrofida yuqori
bo‘ladi. Cho‘llardagi ekosistemalarda og‘ir metallarning miqdori umurtqasiz va
umurtqali hayvonlar organ – to‘qimalariga kuchli akkumulyatsiyasi kuzatiladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qo‘ng‘izlar va hashoratxo‘r hayvonlar, o‘simlikxo‘r
hayvonlarga nisbatan og‘ir metallar bilan ko‘proq zaharlanadi. Shular qatorida
insonning zararlanishi esa nisbatan yuqori bo‘ladi, chunki inson bevosita o‘simlik
mevalari va hayvon go‘shti, suti kabilarni iste’mol qilishi hamda atmosfera havosi
orqali nafas olishi mobaynida ko‘proq og‘ir metallar bilan ifloslanadi. Tuproq
qoplami esa turli shart-sharoitlar ta’sirida turlicha darajada ifloslanadi.
Ifloslanish manbaiga nisbatan turli masosfalardan olingan yuqoridagi
tuproqlarning mexanik tarkibi turlicha bo‘lib, o‘rta qumoq, yengil qumoq va qumoq
mexanik tarkiblidir. Bundan ko‘rinadiki, mexanik tarkibga bog‘liq holda og‘ir
metallar to‘planadi, ya’ni tuproqning mexanik tarkibi qanchalik og‘ir bo‘lsa, o‘zida
og‘ir metallarni ko‘p to‘playdi.
Tuproq qoplamiga tushgan og‘ir metallar me’yoridan ortadi va turli omillar
natijasida tuproqda o‘suvchi o‘simlik dunyosi va bevosita bog‘liq bo‘lgan hayvonot
dunyosiga o‘tadi, pirovardda esa inson organizmiga ozuqa zanjiri orqali o‘tib, bir
qator kasalliklarga olib keladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tuproqlarda og‘ir metallar miqdorining o‘simlik
organ – to‘qimalariga so‘rilishi o‘simlik turiga va tuproq tipiga bog‘liq bo‘lib, vaqt
o‘tishi bilan inson organizmiga o‘tadi. Inson organizmida turli xususiyatga ega og‘ir
50

