Page 51 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 51

metallar turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Eng xavfli tomoni shundaki, yuqorida
            ta’kidlaganimizdek, og‘ir metallar inson organizmida uzoq saqlanib, o‘zining zaharli
            ta’sirini o‘tkazib turadi. Shu o‘rinda bir qator og‘ir metallarning tirik organizmlarga
            salbiy ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni keltiramiz:
                   As– o‘pka saratoni, teri kasalliklari, gemotologik ta’sir, anemiya;
                   Be – dermatit, yaralar, shilliq qavat zararlanishi;
                   Cd – xronik va o‘tkir o‘pka kasalliklari, buyrak, saraton kasalliklari;
                   Cr – o‘pka, oshqozon ichak kasalliklari, dermatit;
                   Pb – qon, buyrak, jigar, asab kasalliklari;
                   Ni – o‘pka astmasi, majrug‘ tug‘ilish, buyrak, o‘pka saratoni;
                   Hg – asab, buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradi.
                   Bundan  ko‘rishimiz  mumkinki,  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  og‘ir  metallar
            bilan zararlangan inson organizmi juda og‘ir vaziyatda qoladi.
                   Og‘ir  metallarni  tuproq  va  tirik  organizmlarga  ta’sirini  o‘rganish  natijasida
            ifloslangan tuproqlarni tozalash vazifasi turadi.
                   Bugungi  kungacha  og‘ir  metallar  bilan  ifloslangan  tuproqlarni  qayta
            tiklashning ikki  kimyoviy reaksiyalari orqali tozalash yo‘lga qo‘yilgan, bunga ko‘ra
            yengil  harakatchan metallarni yuvish orqali. Misol uchun, qadmiy va kobaltni hamda
            neytrallash kimyoviy reaksiyalari.
                   Bundan  tashqari,  biologik  tozalash  metodi  bo‘yicha  ham  bir  qator  olimlar
            xorijiy  davlatlarda  ish  olib  bormoqdalar.  Yaqin  yillarda  og‘ir  metallar  bilan
            ifloslangan tuproqlarni tozalashning yangi metodlari yaratilishi arafasida turibdi. Shu
            sohaning  yetuk  olimlari  boshchiligida  barqaror  tozalash  usullari  yaratilsa  va
            amaliyotga tatbiq etilsa dunyo bo‘yicha keng tarqalgan muammo hal etiladi.


                   4-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
                   1.  Tuproqlarning kimyoviy  degradatsiyasi, degumifikatsiyasi  va gipslashishi
            qanday paydo bo‘ladi?
                   2.  Tuproqdagi oziqa moddalar va makro-mikroelementlarning kamayishining
            salbiy jixatlari?
                   3.  Tuproqlarning  kimyoviy  degradatsiyasi  boshqa  degradatsiya  turlaridan
            nimasi bilan farq qiladi?
                   4.  Tuproqlar  kimyoviy  degradatsiyasi  natijasida  tuproqda  kimyoviy
            moddalarning ortishi qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?
                   5.  Kimyoviy  degradatsiyaga  uchragan  tuproqlar  qaysi  xududlarda  ko‘proq
            uchraydi?
                   6.  Tuproqlarning  kimyoviy  degradatsiyasining  oldini  olish  va  yaxshilash
            yo‘llari mavjudmi?










                                                            51
   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56