Page 53 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 53

9-jadval
                Sho‘rlangan tuproqlarda mikroorganizmlar miqdorining mavsumiy dinamikasi
                  bo‘yicha o‘rtacha miqdori (1g tuproqda/ming dona hisobida). M.E.Saidova
                                              ma’lumoti bo‘yicha, 2010.

                                                                                                     Aerob
              Chuqurlik,   Ammoni-   Aktino-  Zambu-    Nitrifi-  Denitri-   Azotfik-  Moy kislotali   sellyuloza-
                 sm       fikatorlar   mitsetlar   rug‘lar   katorlar   fikatorlar   satorlar   bakteriyalar   parchalov-
                                                                                                     chilar
                               Eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproq, og‘ir qumoq, o‘rtacha sho‘rlangan
                0-30        1775       163      76       21,6      33,3       45,0       21,6         31,7
                30-50       575        80       49       12,0      16,8       25,5       12,6         18,3
                50-70       200        29       22       3,1        5,0        6,6        3,2         4,3
                              Yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproq, og‘ir qumoq, o‘rtacha sho‘rlangan
                0-30        1083       99       63       15,5      23,3       35,0       19,7         30,0
                30-50       455        52       38       10,6      15,5       21,6        9,2         15,3
                50-70       170        22       18       2,6        3,1        4,6        1,8         3,2
                                   Sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproq, o‘rta qumoq, kuchli sho‘rlangan
                0-30        937        58       35       13,3      15,2       20,5       11,2         19,7
                30-50       377        31       22       4,6        6,6       11,6        7,0         10,7
                50-70       121        14       12       1,6        2,3        2,8        1,4         1,9
                                         Taqir-o‘tloqi tuproq, o‘rta qumoq, kuchsiz sho‘rlangan
                0-30        544        34       25       4,8        6,0        9,6        5,8         10,8
                30-50       167        22       18       2,0        3,3        4,8        2,8         3,8
                50-70       82          9       10       0,8        1,2        1,6        1,0         1,5
                                         K-8. Taqir tuproq, og‘ir qumoq, o‘rtacha sho‘rlangan
                0-30        320        15       16       3,6        4,5        6,8        5,5         4,7
                30-50       113         9       14       1,3        2,0        3,2        1,4         1,5
                50-70       63          5        8       0,5        0,6        0,8        0,7         0,5
                                        Taqir-qumli tuproq , yengil qumoq,  kuchsiz sho‘rlangan
                0-30        211        22       18       2,0        2,3        3,6        2,0         2,7
                30-50       82         13       10       0,8        1,2        1,7        0,6         1,0
                50-70       40          7        5       0,1        0,3        0,7        0,1         0,1
                                             Sho‘rhok, yengil qumoq, kuchli sho‘rlangan
                0-30        159        11       11       1,2        1,6        2,6        2,0         1,5
                30-50       72          5        6       0,3        0,7        1,3        0,7         0,5
                50-70       27          2        3        -         0,1        0,4        0,1          -

                   Ma’lum bo‘lishicha mikroorganizmlar miqdori sho‘rlanish darajalariga bog‘liq
            ravishda ham o‘zgaradi. Kuchli sho‘rlangan sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqda
            kam  sho‘rlangan  qo‘riq  taqir-o‘tloqi  hamda  taqir-qumli  tuproqqa  nisbatan
            mikroorganizmlar  miqdorining  yuqoriligi  kuzatildi.  Ularning  eng  kam  miqdori
            sho‘rhokda aniqlandi, buni organik moddalar miqdorining kamligi, namning yetarli
            emasligi va o‘simlik qoplamining siyrakligi bilan tushuntirish mumkin.
                   Tog‘  va  tog‘  oldi  hududlarida  eroziya  jarayonlari  natijasida  degradatsiyaga
            uchragan tuproqlar unumdorligining pasayishini muhim omillaridan biri bu - organik

            moddalarga kambag‘allashishi hisoblanadi, ya’ni bu shubhasiz ularni mikrobiologik
            faolligini  pasayishiga  olib  keladi.  Bunga  bog‘liq  holda  o‘simliklarni  mineral
            oziqlanishi  uchun  elementlarni  to‘planishi,  o‘simlik  qoldiqlarini  parchalanishi,
            gumusning sintez jarayonlari va boshqalar susayadi.
                   D.A.Qodirova  (2010)  tomonidan  olingan  tadqiqot  natijalarini  ko‘rsatishicha,
            mikroorganizmlarning eng katta qismini ammonifikatorlar, so‘ng aktinomitsetlar va
            zamburug‘lar  egallaydi.  Keyingi  o‘rinda  miqdori  bo‘yicha  azot  to‘plovchi,
            denitrifikatsiyalovchi  va  nitrifikatsiyalovchi  bakteriyalar  boradi.  Moy  kislotali



                                                            53
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58