Page 54 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 54

mikroorganizmlar  kam  miqdorda  uchraydi.  Ushbu  tuproqlarda  sellyulozani
            parchalanishi ham sekin boradi (25-rasm).



                                                                                 целлюлоза
                                  целлюлозо-                          нитрификаторлар  парчаловчилар
                       нитрификаторлар  парчаловчилар  мой  кислотали    3%        3%     мой кислотали
                          2%        2%      бактериялар           денитрификаторлар       бактериялар
                   денитрификаторлар          2%                     5%                     1%
                      3%
                                                               азотфиксаторлар
                 азотфиксаторлар                                  7%
                    6%
                                                             замбуруғлар
                замбуруғлар
                  8%                                           11%                         аммонификаторлар
                                             аммонификаторлар
                                                64%                                           60%
                                                              актиномицетлар
                актиномицетлар                                   10%
                   13%

                              Типик бўз тупроқ                             Тоғ-жигарранг типик тупроқ


             25-rasm. Tipik bo‘z va tog‘ jigarrang tipik tuproqlarda mikroorganizm guruhlarining
              taqsimlanishi (yuvilmagan tuproq, 0-30 sm). D.A.Qodirova ma’lumotlari bo‘yicha,
                                                         2010.

                   Shuningdek,  mikroorganizmlarning  miqdoriy  o‘zgarishi  tuproqlarni  vertikal
            mintaqalanishida  ham  aks  etadi.  Mikrobiologik  tahlillarning  ko‘rsatishicha,
            mikroorganizm guruhlarining miqdori va taqsimlanishi tipik bo‘z tuproqlarda genetik
            xususiyatlariga bog‘liqligi kuzatildi. Bu tuproqlar profili bo‘ylab mikroorganizmlar
            miqdorining  kamligi  bilan  xarakterlanadi.  Ushbu  tuproqlarda  mikroorganizmlar
            sonini quyi qatlamlar tomon 2-3 baravarga kamayadi (10-jadval).
                   Qulay oziqa tartiboti va reaksiya muhiti, strukturaliligi, yaxshi aeratsiya rejimi
            tog‘ jigarrang, ayniqsa tog‘ jigarrang tipik va kam ishqorsizlangan tuproqlarini yuqori
            mikrobiologik  faolligini  ta’minlaydi.  Shu  bois,  tog‘  jigarrang  tuproqlarda  bo‘z
            tuproqlarga  nisbatan  mikrobiologik  jarayonlar  faol  boradi.Ushbu  ko‘rsatkichlariga
            ko‘ra ularni yuqori unumdor tuproqlar qatoriga kiritish mumkin. Tog‘ tuproqlarida
            MPA  muhitida  o‘sadigan  mikroorganizmlarni  ko‘p  miqdordaligi  ammonifikatsiya
            jarayonining  faolligini  ko‘rsatdi  va  bu  tuproqda  katta  miqdorda  organik  modda
            mavjudligi bilan fiodalanadi. Ammonifikatorlar tarkibida Bacillus avlodiga mansub
            spora  hosil  qiluvchi  bakteriyalar  ustunlik  qiladi:  Bac.megaterium,  Bac.subtilis,
            Bac.mesentiricus, Bac.mycoides va boshqalar. Ammonifikatsiya jarayonining faolligi
            o‘z navbatida nitrifikatorlarni jadal rivojlanishini ta’minladi. Nitrifikatorlar miqdorini
            ortishi  bilan  o‘simliklarni  azotli  oziqlanishi  yaxshilanadi.  Tuproqlarni  azotning
            mineral  shakli  bilan  ta’minlanishi  sellyulozaparchalovchilarni  rivojlanishiga  imkon
            yaratadi, bu esa o‘z navbatida tuproqdagi azotfiksatorlarni faollashuviga olib keladi.
                   Turkiston  tog‘  tizmasi  shimoli-g‘arbiy  yonbag‘ridagi  tuproq-ekologik
            sharoitlarining  ta’siri  hududning  eroziyalangan  tuproqlarida  aktinomitsetlar  va
            zamburug‘larni  tarqalishi  va  rivojlanishida  ham  o‘z  ifodasini  topadi.  Bo‘z  va  tog‘
            jigarrang  karbonatli  tuproqlarda  zamburug‘lar  miqdoriga  nisbatan  aktinomitsetlar
            sonini oshishi, tog‘ jigarrang tipik va kam ishqorsizlangan tuproqlarda esa aksincha

                                                            54
   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59