Page 55 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 55

holat  kuzatiladi.  Ushbu  tuproqlarda  Penisillium,  Aspergillus,  Fusarium,  Alternaria,
            Mucor  va boshqa turkumga mansub zamburug‘lar uchraydi (Qodirova, 2010).

                                                                                                  10-jadval
              Turkiston tog‘ tizmasi shimoliy-g‘arbiy yonbag‘ri tuproqlaridagi mikroorganizmlar
               miqdorining mavsumiy dinamika bo‘yicha o‘rtacha miqdori (1g tuproqda mingta
                                                       hisobida)

              Chuqur   Ammoni-    Aktino-   Zam-    Nitrifi-  Denitri-  Azotfik-  Aerob sellyuloza   Moy
               -ligi,   fikatorlar   mitset-  burug‘  katorlar   fikator-  satorlar   parchalovchi   kislotali
                sm                  lar      -lar               lar                mikroorga-    bakteriyalar
                                                                                     nizmlar
                                                Tipik bo‘z tuproq, yuvilmagan
               0-30       262       49,6    31,3     10,6      12,6      23,3          9,1           7,6
               30-50      131        28      14       4,5       6,6      10,1          4,5           2,6
               50-70     75,3       9,6      7,6      2,0       3,0      2,8           1,1           0,6
                                              To‘q tusli bo‘z tuproq, yuvilmagan
               0-30      476,6       70     47,3     14,0      20,3      30,0         15,5          11,5
               30-50     234,6      33,3    21,6      7,5       9,5      13,3          7,8           3,6
               50-70     102,6       13      11       3,5       3,8      3,8           1,6           0,9
                                          Tog‘ jigarrang karbonatli tuproq, yuvilmagan
               0-30      564,3      94,3    63,6     23,3      38,3      50,0         21,6          15,3
               30-50      294       44,6    31,3      9,1      18,6      25,0         12,0           4,6
               50-70      121       16,3    13,6      4,8       7,6      9,1           1,8           1,3
                                             Tog‘ jigarrang tipik tuproq, yuvilmagan
               0-30     1045,3     156,6    165,6    28,3      78,3     116,6         30,0          21,6
               30-50     477,3      57,6    72,3     13,5      31,6      60,0         11,8           6,8
               50-70     190,6      25,6    27,6      6,0      13,8      18,3          2,6           1,7
                                      Tog‘ jigarrang kam ishqorsizlangan tuproq, yuvilmagan
               0-30     1712,3     173,3    228,3    36,6      120,0    166,6         36,6          28,3
               30-50      585       64,6    85,3     16,6      61,6      76,6         15,6          13,3
               50-70     255,3      31,3    36,6      7,5      20,3      25,0          5,8           2,0


                   Mikroorganizmlar  miqdori  qiyalik  ekspozitsiyasi  va  eroziyalanish  darajasiga
            bog‘liq holda o‘zgarib bordi. Shimoliy ekspozitsiya tuproqlarida janubiy ekspozitsiya
            tuproqlariga  nisbatan  mikroorganizmlar  ko‘p  rivojlangan.  Yuvilgan  tuproqlarning
            hatto ustki qatlamida      ham mikroorganizmlar rivojlanishi pastligi, quyi qatlamlarda
            esa undanda kamayishi kuzatildi. Ushbu tuproqlar suvayirg‘ich va qiyalikning pastki
            qismida  shakllangan  tuproqlarga  qaraganda  mikrobiologik  faolligini  pastligi  bilan
            farqlanadi (26-rasm).
                   O‘simlik  va  hayvonlarning  organik  qoldiqlarini  minerallashuvida  va  gumus
            hosil  bo‘lishida  muhim  rol  o‘ynovchi  ekologik  guruhlardan  biri  zamburug‘lar
            hisoblanadi. Tuproqda zamburug‘lar ko‘p miqdorda bo‘lib, ular spora yoki fiziologik
            faol  mitseliyalar  holatida  bo‘lishi  mumkin.  Ularning  ko‘pchiligi  saprofitlar  bo‘lib,
            tuproq  hosil  bo‘lishida  juda  kata  ahamiyatga  ega.  Tuproqda  uchraydigan
            zamburug‘lar faqat tuproqdagi biologik jarayonlarda ishtirok etibgina qolmay, balki
            o‘simliklar hayotida ham katta ahamiyatga ega. Zamburug‘lar florasinning tabiatdagi


                                                            55
   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60