Page 56 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 56
va insonning xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyati ulkan. Demak, tuproq zamburug‘larini
o‘rganish nafaqat ilmiy –dunyoviy, balki katta amaliy ahamiyatga ega.
1г тупроқда мингта ҳисобида 1г тупроқда мингта ҳисобида
8 8
650 2200
600 7 2000 7
550 1800
500 6 6
450 5 1600 5
400 1400
350 4 1200 4
300 1000
250 3 800 3
200 2 600
150 2
100 1 400 1
50 200
0 0
ювилмаган ювилган ювилиб ювилмаган ювилган ювилиб
тўпланган тўпланган
Tipik bo‘z tuproq Tog‘ jigarrang tipik tuproq
1-zamburug‘lar, 2-aktinomitsetlar, 3-ammonifikatorlar, 4-nitrifikatorlar, 5-denitrifikatorlar, 6-azotfiksatorlar, 7-moy
kislotali bakteriyalar, 8-aerob sellyuloza parchalovchi mikroorganizmlar
26-rasm. Mikroorganizmlar miqdorining tuproqlarni eroziyalanish darajasiga bog‘liq
holda o‘zgarishi. D.A.Qodirova ma’lumoti bo‘yicha, 2010.
G.S.Sodiqova (2011) tomonidan janubi-g‘arbiy Hisor tog‘ tizmasida tarqalgan
eroziyalangan tuproqlardagi zamburug‘lar miqdori va ularning turlari aniqlangan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqa tuproqlarida zamburug‘lar miqdori bo‘z
tuproqlarda ko‘p emas va tuproq profili bo‘ylab 1g tuproqda 64 mingdan 21 mingta
oralig‘ida o‘zgarib boradi. Bu holatni hududning noqulay tuproq-iqlim sharoitlari -
nam yetishmasligi, tuproq muhitining ishqoriyligi, organik moddalarning kamligi,
zichlikning yuqoriligi va boshqalar bilan izohlashimiz mumkin. Balandlikning ortishi
va qulay sharoit tog‘ tuproqlarida zamburug‘lar miqdoriga ta’sir etadi. Tog‘ jigarrang
karbonatli tuproqlarda zamburug‘lar miqdorining boshqa tuproq tipchalariga nisbatan
kamayishi kuzatildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tuproqlar ishqoriy muhitga ega, bu
esa zamburug‘lar rivojlanishiga noqulay sharoit yaratadi. Chunki zamburug‘lar
kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda ustunlik qiluvchi mikroorganizm
guruhlaridan hisoblanadi. Tog‘ jigarrang tipik tuproqlar ma’lum chuqurlikgacha
birmuncha karbonatlardan holi bo‘lganligi bois ularning rN muhiti ko‘rsatkichi
zamburug‘larni avj olib rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi. O‘rganilgan hudud
tuproqlarida zamburug‘lar sifat tarkibi bo‘yicha ham farqlanadi. Barcha o‘rganilgan
tuproq tiplarida Aspergillus Renicillium, Stemphlium turkumlari ustunlik qiladi.
Alternaria va Fusarium turkumlarining miqdori ham tuproq tiplari bo‘yicha ortib
borishi kuzatiladi. Asosan saprofit turlarini o‘ziga biriktirgan Renicillium va
Aspergillus turkumi vakillari miqdorining tuproqda kamayishi tuproq unumdorligini
kamayganligidan dalolat beradi. Aksincha Fuzarium va Alternaria turkumlarini
ko‘payishi tuproq unumdorligini pasayishi hamda qishloh xo‘jaligi ekinlarini
kasallanishiga olib keladi (27-rasm).
56

