Page 95 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 95

Nazorat savollari:

                      1.     Qoqi turkumi turlari bir-biridan qaysi belgilariga ko‘ra farqlanadi?
                      2.     Qoqi turkumi vakillari Respublikamizning qaysi hududlarida o‘sadi?

                      3.     Taraxacum turkumining qaysi turlari dorivorlik xususiyatiga ega?
                      4.     Yuqorida rasmda berilgan o‘simliklar organlarini nomlang ?


                          MAVZU: DALACHOYDOSHLAR  (HYPYERICACEAE)
                      QOVOQDOSHLAR (CUCURBITACEAE)  OILASI DORIVOR

                                                  O‘SIMLIKLARI
                       Dars     maqsadi:       Hypyericaceae,       Cucurbitaceae,       oilasi    turlari
               nomeklaturasini tahlili va o‘rganish qoidalari va ularning morfologik, biologik

               shuningdek  dorivorlik  xususiyatlari  haqidagi  yangi  bilim,  ko‘nikma,  malakani
               shakillantirish.
                       Identiv o‘quv maqsadi:
            1.  Hypyericaceae, Cucurbitaceae, oilasi turlari nomeklaturasini tahlil qila oladi.

            2.  Dalachoydoshlar  (Hypyericaceae),  Qovoqdoshlar  (Cucurbitaceae)  va  oilasi
               vakillarini morfologik ta’riflay oladi.

                       Kerakli  jihoz  va  materiallar:  Hypyericaceae,  Cucurbitaceae,  oilalari
               vakillari gerbariy na’munasi, rasmlar, o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.

                      Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Qovoqgullilar qabilasi –Cucurbitales.

                        Qovoqdoshlar - Cucurbitaceae ning Yer yuzida 90 turkumga mansub 800
               dan ko‘proq   turlari  bor.  Ular  asosan tropik va subtropik iqlimli  hududlarda,
               qisman o‘rta va sovuq mintaqalarda tarqalgan. Bu oila vakillari poyalari ilashib

               yoki yotib  o‘suvchi  bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardir. Qovoqdoshlar  oilasi  2  ta
               kichik  oilaga  ajratiladi. Bular  Qovoqdoshchalar va Zanoniyadoshchalar oillari.
               O‘zbekistonda qovoqdoshchalarning 8 turkumga mansub asosan madaniy va bir

               nechta yovvoyi turlari  o‘sadi.
                       Qabila tarkibida faqat bir qovoqguldoshlar (Cucurbitaceae) oilasi mavjud
               bo‘lib,  Hamdo‘stlik mamlakatlarida 14 turkumga mansub 24 turi turli-tuman ob-

               havo sharoitlarida o‘sadi. Ularning aksariyat qismi bir yillik chirmashib, yopishib
               yoki еr bag‘alab o‘suvchi o‘simlik. Barglari navbatlashib joylashgan, panjasimon,
               patsimon-bo‘lmali.  Guli  chetdan  changlanadi,  yakka-yakka  barg  qo‘ltig‘ida
               joylashgan,  bir  jinsli,  qo‘sh  gulqurg‘onli,  aktinomorf,  kosacha  va  toj  barglari

               tutash, besh a’zoli, toj barglari ko‘pincha sarish rangli. Changchilari 5ta, ulardan
               to‘rttasi  Tutashib  ikki  juft  changchi  hosil  qilgan,  beshinchisi  erkin,  qisman

               vakillarida  beshala  changchi  ham  tutash.  Urug‘chisi  bitta,  5ta  meva  bargidan



                                                                                                            95
   90   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100