Page 102 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 102

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                    Darsning maqsadi: SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy
                  yo‘nalishlarini tushuntirib berish.
                    Darsda  shakllantiriladigan  tayanch  bilimlar:  SSSR  va  Sharqiy  Yevropa
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   mali vositalar yordamida  mazkur  mamlakatlar taraqqiyotidagi hal qiluvchi omillarni
                  mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgaz-


                  ko‘rsatib berish.
                    Darsdan kutiladigan natijalar:
                    •  o‘quvchi  SSSR,  Sharqiy  Yevropa,  rivojlanishining  asosiy  yo‘nalishlari  kabi
                  atamalarning mohiyatini tushunib oladi;
                    • SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari haqi-
                  dagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
                    •  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida  SSSR  va  Sharqiy Yevropa  mamlakatlari  rivoj-
                  lanishining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
                    • SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, kelib
                  chiqish sabablarini tahlil qiladi;
                    • SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari  bilan
                  bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
                    • SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari haqi-
                  dagi fikrga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
                    Darsning borishi:
                    I. Faollashtiruvchi bosqich.
                    1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi “Aqliy hujum” metodi
                  orqali o‘quvchilarning avval o‘zlashtiril gan bilimlarini mustahkamlaydi.
                    “Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
                    1.  O‘quvchilarga  “Ikkinchi  jahon  urushigacha  bo‘lgan  davrda  SSSR  va  Sharqiy
                  Yevropa  mamlakatlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  yo‘nalishlari”  mavzusi  havola  etiladi  va
                  ulardan shu bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishi so‘raladi.
                    2. O‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
                    3. O‘quvchilarning fikr-g‘oyalari (rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi.
                    4. Fikr-g‘oyalar maʼlum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
                    5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
                    “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi:

                                                   Muammoli savol beriladi




                                         Fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi



                                                 Fikr va g‘oyalar guruhlanadi




                                              Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi

                    O‘qituvchi o‘quvchilarning fikrlarini umumlashtirib, yangi mavzuni e’lon qiladi.
                    II. Asosiy bosqich.
                    2-topshiriq.  O‘qituvchi  o‘quvchilarning  diqqatini  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi
                  vaziyat aks etgan quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.




                                                            102
   97   98   99   100   101   102   103   104   105   106   107