Page 159 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 159

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                              Mehnat samaradorligini oshirish “Uch yil matonatli mehnat – uch
                            ming yil baxt-saodat” shiori ostida olib borildi. 12 soatlik ish kuni
                            oʻrnatildi, odamlar dam olish kunlarisiz va taʼtilsiz mehnat qildi. Bu
              Xitoy usuli va shunga oʻxshash koʻplab tadbirlardan koʻzlangan maqsad “Katta
                            sakrash” orqali kommunizm qu rish boʻlib, juda katta tashabbuskorlik
                            ruhiga qaramasdan, bu rejalar asosan qogʻozda qolib ketdi. “Katta
                            sakrash” siyosati shu tariqa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.


                                           O‘ylab ko‘rib xulosa chiqaring!                                 METODIK QO‘LLANMA

                                       Ikkinchi  jahon  urushi  yakunlanganda  Yaponiyaning
                                    ahvoli  juda  ayanchli  edi.  Urushda  6,5  mln  yapon  halok
                                    bo‘ldi, yana 1,5 mln kishi bedarak yo‘qoldi. Urush oxiridagi
                                    ommaviy bombardimonlar katta talafotlarga olib keldi. Tokio,
                                    Iokogama va boshqa yirik shaharlarda binolarning yarmidan
                   ko‘prog‘i, 200 ta yirik aholi punktlaridan 80 tasi vayron qilindi. Ishlab chiqarish
                   uskunalarining katta qismi yaroqsiz holga keltirildi.




                                           Qo‘shimcha maʼlumot

                  Janubiy  Koreya.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  Koreya  Respublikasi  (Janubiy
               Koreya) Osiyo qit’asida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning timsoliga aylandi.
               Bitta avlodning ko‘z o‘ngida mamlakat qoloqlikdan taraqqiyotning yuqori darajasiga
               erishdi.
                  Ikkinchi  jahon  urushida  Yaponiya  mag‘lubiyatga  uchragandan  so‘ng  uning
               mustamlakasi bo‘lgan Koreya ikkiga bo‘linib ketdi: janubiy qismiga AQSH, shimoliy
               qismiga SSSR o‘z qo‘shinlarini kiritdi. 1948-yili shimolda Koreya Xalq Demokratik
               Respublikasi, janubda esa Koreya Respublikasi tashkil qilindi. Ular rivojlanishning
               turlicha yo‘llaridan bordilar. Bu ikki davlat o‘rtasida sodir bo‘lgan 1950–1953-yillardagi
               urush yarash sulhi bilan yakunlandi.
                  Janubiy  Koreya  juda  qoloq,  agrar  davlat  edi.  Yalpi  ichki  mahsulotning  asosiy
               qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil qilardi. YIM aholi jon boshiga yiliga 100
               dollarga  ham  yetmasdi.  Aholining  katta  qismi  savodsiz  bo‘lib,  ishsizlik  yoki  faqat
               mavsumiy ishlash oddiy hol edi.
                  Janubiy  Koreya  taraqqiyoti  bir  necha  bosqichlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Birinchi
               bosqichda  (1950-yillarning  ikkinchi  yarmi)  keskin  o‘zgarishlarni  boshlashdan
               oldin  tayyorgarlik  tadbir lari  amalga  oshirildi.  Avvalo  agrar  islohot  o‘tkazilib,  uning
               natijasida  yer  dehqonlarga  xususiy  mulk  qilib  berildi.  Keyingi  tadbir  savodsizlikni
               bitirish bo‘ldi: 1960-yillarning boshiga kelib har bir koreys o‘qish va yozishni bilar edi.
               Ammo iqtisodda u qadar sezilarli yutuqlarga erishilmadi. 1950-yillarning oxirigacha
               rivojlanish  modeli  import  o‘rnini  bosuvchi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  va  ichki
               bozorni taʼminlashga qaratildi. Ammo bu o‘zini oqlamadi. Agar AQSHning juda katta
               yordami  bo‘lmaganda,  Shimoliy  Koreya  bilan  doimiy  kimo‘zarga  musobaqa  qilib
               yashayotgan mamlakatga juda og‘ir bo‘lardi.
                  Ikkinchi bosqichda, 1960-yillar davomida, mamlakatda industrlashtirish siyosati






                                                         159
   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163   164