Page 180 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 180
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Afrika davlatlaridagi mustaqillik, qashshoqlik va taraqqiyot
muammolarining kelib chiqish sabablarini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Afrika davlatlaridagi mustaqillik,
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA asosiy vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
qashshoqlik va taraqqiyot manzarasini ochib berish; urush nizolarni hal qilishning
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi genotsid, aparteid, V Panafrika kongressi kabi tushunchalarning mohiyatini
tushunib oladi;
• Afrikadagi qashshoqlik va taraqqiyot haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Afrika tarixiga oid maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Afrika mamlakatlarida qashshoqlikning kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi;
• urush bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• urush orqali nizolarni bartaraf etib bo‘lmasligi haqidagi fikrga o‘zining mustaqil
munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Ikkinchi jahon urushi arafasida Afrika mamlakatlari”
mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarga Shimoliy Afrika mamlakatlari hududlarini
xaritadan ko‘rsatishni topshiradi.
3-topshiriq. Mulohaza uchun savollar.
1. Sizningcha, bugungi Afrika taraqqiyotidagi muammolar nimalardan iborat?
Sabablarini izohlang.
2. Nima uchun ushbu mintaqa “arab-islom sivilizatsiyasi mamlakatlari” deyilgan?
4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
1. Misrda Jamol Abdul Nosir tomonidan inqilob amalga oshirilishi.
2. Sudan Unitar Demokratik Respublikasining tashkil topishi.
3. Liviya Arab Respublikasining tashkil topishi.
180