Page 62 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 62
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
9-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng g‘olib davlatlar tomonidan Germaniyaning talanishi,
uni tiz cho‘ktirish uchun qilingan harakat qarshi reaksiya sifatida revanshizmning paydo
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA Aslida millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan, katta miqyosdagi halokatga olib
bo‘lishiga olib keldi va keyinchalik fashistlarning hokimiyatga kelishini osonlashtirdi.
kelgan urushdan qudratli davlatlarning birortasi to‘g‘ri xulosa chiqarmagan edi. Bu esa
birinchisidan ham dahshatli gumanitar halokat – Ikkinchi jahon urushiga olib keldi.
III. Refleksiya bosqichi.
10-topshiriq. Esse yozish. “Liberal demokratik mamlakatlarning muammolari,
ichki va tashqi siyosati” mavzusida asoslangan esse yozish.
11-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.
5-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 Versal tinchlik shartnomasi
2 Millatlar Ligasi
3 Vashington konferensiyasi
4 Fond birja
5 “Yangi kurs”
6 Izolyatsionizm
7 Neytralitet
12-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha
nechta davlat vakillari ishtirokida tinchlik konferensiyasi boʻlib oʻtdi? 27 davlat.
2. 1919-yil 28-iyunda Germaniya qaysi shartnomani imzoladi? Versal tinchlik shart-
nomasi.
3. Xalqaro tashkilot – Millatlar Ligasi qachon tashkil qilindi? 1919-yili.
4. Vashington konferensiyasi qachon boʻlib oʻtdi? 1921-yil noyabr – 1922-yil fevral
oylarida.
5. Nyu York fond birjasida qachon boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish
davri tugadi? 1929-yil 24-oktyabrda.
6. 1932-yilda AQSHdagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozondi? Franklin
Ruzvelt.
Uy vazifasi
Mustaqil tarzda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning
oʻrta asrlar tarixi bilan tanishing. Har bir davlatning
taraqqiyotiga xos boʻlgan jihatlarni tahliliy qamrab oling.
Fikringizni kichik esse tarzida yozing.
62