Page 68 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 68
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
11 Sanoatlashtirish
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA 13 Madaniy inqilob
12 Kollektivlashtirish
14 Katolitsizm
15 “Pivo isyoni”
16 Reyxstag
17 Reyxskansler
18 Fyurer
“Berlin – Rim – Tokio
19
uchburchagi”
20 Militarizatsiyalash
8-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. XX asrda modernizatsiya jarayonini boshlagan ko‘pchilik mamlakatlarda yangi
tipdagi siyosiy rejimlar shakllandi va ular qanday nom oldi? Totalitarizm.
2. XX asrda bir-biriga qarama-qarshi turgan ikkita totalitar mafkura qaysilar edi?
Fashizm va bolshevizm.
3. Xalq komissarlari soveti kim boshchiligida tuzildi? V. Lenin.
4. 1918–1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishda qaysi siyosat
oʻrnatildi? Harbiy kommunizm.
5. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) qachon tashkil topdi? 1922-yil
30-dekabr.
6. 1924-yili qayerlarda milliy-hududiy chegaralanish siyosati oʻtkazilib, milliy sovet
respublikalari tashkil qilindi? Kavkazorti va Oʻrta Osiyoda
7. Italiyada 1919-yili kim boshchiligida fashistlar partiyasi tuziladi? Benito Mussolini.
8. 1919-yili kim Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasiga asos soldi?
Anton Dreksler.
9. “Berlin – Rim – Tokio uchburchagi” deb ataluvchi tajovuzkor davlatlar ittifoqi
qachon vujudga keldi? 1937-yil.
Uy vazifasi
Mustaqil tarzda “Berlin – Rim – Tokio uchburchagi” tarixi
bilan tanishing. Mazkur ittifoqning faoliyatini tahlil qiling.
Fikringizni kichik esse tarzida yozing. Totalitar va avtoritar
diktatura mamlakatlari olib borgan siyosatning dunyo
hamjamiyati uchun salbiy oqibatlarini oʻzida aks ettiruvchi
videorolik tayyorlang.
68