Page 81 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 81
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini
tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Ikkinchi jahon urushining kelib
chiqish sabablari va oqibatlari manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali
vositalar yordamida urushda harbiy texnika hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatib berish;
urush nizolarni hal qilishning asosiy vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi Birinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi, urushga sabab bo‘lgan omillar
kabi atamalarning mohiyatini tushunib oladi;
• Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqidagi tarixiy METODIK QO‘LLANMA
faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari
va oqibatlari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tahlil qiladi;
• Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari bilan bog‘liq muhim
METODIK QO‘LLANMA
ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqidagi fikrlarga
o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. “Muammo” texnologiyasi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning avval o‘zlash tiril gan bilimlari asosida “Ikkinchi jahon urushi-
ning kelib chiqish sabablari” mavzusini “Muammo” texnologiyasi orqali mustahkamlaydi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
– o‘qituvchi o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos o‘rinlarga joylashtirgandan
so‘ng mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, yaʼni mashg‘ulot-
ning bosqichli bo‘lishini va har bir bosqich o‘quvchilardan maksimum diqqat-e’tibor talab
qilishini, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi;
– o‘quvchilar mashg‘ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib,
unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qiladilar, xotirada saqlab qoladilar yoki
daftarlariga qayd etib qo‘yadilar (agar kinofilm ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, u
holda o‘qituvchi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biror
muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o‘quv materialidan foydalanishi mumkin);
– har bir guruh aʼzolari ushbu lavhadan (rasm, matn, hayotiy voqeadan) birgalikda
aniqlagan muammolarni vatman yoki A3 formatdagi qog‘ozga flomaster bilan yozib
chiqadi;
– berilgan vaqt tugagach, tayyorlangan ish guruh vakili tomonidan o‘qib eshittirila-
di; o‘qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog‘ozlarni al-
mashtirgan holda guruhlarga tarqatadi;
– har bir guruh aʼzosi tarqatilgan qog‘ozlardagi o‘zini qiziqtirgan muammolardan
birini tanlab oladi;
– o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh aʼzosi o‘zi tanlab
olgan muammoni yozib, mustaqil ravishda tahlil qiladi;
– yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so‘ng har bir o‘quvchi o‘zi bajargan tahliliy
ishni barchaga o‘qib eshittiradi;
– muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha jamoaviy fikr almashiladi;
– himoyadan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi.
81