Page 414 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 414

“O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI:

                                         AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
                                          TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”


                      OLIY TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH
                                        METODLARINI TAKOMILLASHTIRISH

            Muallif: Xusniddinov Yorqinjon Muhiddin oʻgʻli
                                                                   1
            Affiliyatsiya: TDIU Raqamli iqtisodiyot kafedrasi assistenti
                                                                             1
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17598690


            ANNOTATSIYA

            Mazkur  maqolada  oliy  ta'lim  tizimida  raqamli  texnologiyalarni  qoʻllash  va  ularning  ta'lim
            jarayoniga  ta'siri  tahlil  qilingan.  Raqamli  infratuzilmani  takomillashtirish,  oʻqituvchilar
            malakasini  oshirish  va  interaktiv  ta'lim  usullaridan  samarali  foydalanish  yoʻllari  koʻrib
            chiqilgan.  Shuningdek,  raqamli  ta'lim  platformalari,  sun'iy  intellekt  va  blokcheyn
            texnologiyalarining  ahamiyati  muhokama  qilingan.  Natijalar  raqamli  texnologiyalarning
            ta'lim sifatini oshirishda muhim vosita ekanligini koʻrsatadi.

            Kalit so’zlar: Raqamli ta'lim, sun'iy intellekt, masofaviy ta'lim, blokcheyn, onlayn platforma,
            interaktiv ta'lim, raqamli infratuzilma, shaxsiylashtirilgan oʻqitish.


                  KIRISH
                  Hozirgi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi oliy ta'lim tizimiga
            katta ta'sir koʻrsatmoqda. Bu texnologiyalar ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim
            sifatini  oshirish  va  talabalarning  bilim  olish  samaradorligini  yaxshilash  imkonini
            beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali masofaviy
            ta'limni rivojlantirish, shaxsiylashtirilgan oʻqitishni yoʻlga qoʻyish va ta'lim jarayonini
            raqamlashtirish imkoniyatlari kengaymoqda. Zamonaviy oliy ta'lim muassasalarida
            raqamli  infratuzilmani  rivojlantirish,  oʻqituvchilarning  malakasini  oshirish  va  yangi
            texnologiyalardan  foydalanishga  moslashtirish  ustuvor  vazifalardan  biriga  aylandi.
            Shuningdek, talabalarning ta'lim jarayoniga qiziqishini oshirish, mustaqil ta'lim olish
            imkoniyatlarini  kengaytirish  va  ularga  yangi  innovasion  vositalarni  taqdim  etish
            zarurati  ham  oshib  bormoqda.  Shu  maqolada  oliy  ta'lim  tizimida  raqamli
            texnologiyalarni  joriy  etish,  ularning  afzalliklari  va  muammolari  tahlil  qilinib,  ta'lim
            jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan samarali usullar taklif etiladi.

                  ADABIYOTLAR SHARHI
                  Raqamli  texnologiyalar  ta'lim  jarayoniga  innovasion  yondashuvlarni  kiritish
            orqali  uning  samaradorligini  oshirish  imkonini  beradi.  Jahon  tajribasiga  nazar
            tashlaydigan  boʻlsak,  AQSh  va  Yevropa davlatlarida  raqamli  ta'lim platformalari va
            sun'iy  intellekt  texnologiyalari  ta'lim  jarayoniga  faol  tatbiq  etilmoqda.  Masalan,
            Coursera, EDX, Khan Academy kabi onlayn platformalar talabalarga sifatli ta'lim olish
            imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, Finlyandiya va Singapur kabi davlatlarda
            ta'lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish oʻquv jarayonining asosiy
            tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda.
                  Anderson.T.      (2019).   The     Theory     and    Practice     of   Online     Learning.   411
            Muallif  onlayn  ta'limning  nazariy  asoslari  va  amaliy  jihatlarini  ochib  beradi.  Ushbu


                                                                                                           V SHO‘BA:

                                                     Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi

                                                                                         https://www.asr-conference.com
   409   410   411   412   413   414   415   416   417   418   419