Page 6 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 6
“O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI:
AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
SO‘Z BOSHI
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, aziz olimlar, tadqiqotchilar va
mehmonlar!
Barchangizga Xalqaro Nordik universiteti akademik jamoasi nomidan “O‘zbekiston –
2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirokingiz uchun
minnatdorchilik bildiraman.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan chuqur va keng ko‘lamli
islohotlar barcha sohalarda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Xususan, ta’lim
tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, raqamli transformatsiyani
jadallashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda
yoshlar siyosatini kuchaytirish O‘zbekiston – 2030 strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini
tashkil etadi. Ushbu islohotlar mazmun-mohiyatini ilmiy asosda tadqiq etish,
samaradorligini baholash va ilmiy takliflar ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda.
Mazkur konferensiyaning o‘tkazilishi va ilmiy to‘plamda nashr etilgan maqolalar
sohalar kesimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni, natijalari, mavjud
muammolar va ularning ilmiy asoslangan yechimlariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarda
iqtisodiyot, huquq, ta’lim, boshqaruv, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, raqamli texnologiyalar,
ekologiya va inovatsiyalar kabi yo‘nalishlar qamrab olingan holda strategik maqsadlarga
erishish jarayoni tahliliy yondashuv asosida yoritildi.
Ushbu konferensiya ilmiy hamjamiyat vakillari o‘rtasida fikr almashish, yangi ilmiy
g‘oyalarni ilgari surish va amaliy natijalarni ishlab chiqishda hamkorlikni mustahkamlashga
xizmat qiladi, degan umiddamiz. Ilmiy xulosalar hamda takliflar mamlakatimizda davom
etayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga, O‘zbekistonning 2030-yilgacha
mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishga munosib hissa
qo‘shishiga ishonamiz.
Barchangizga mazmunli ilmiy izlanishlar, yuksak ijodiy muvaffaqiyatlar va yangi
ilmiy yutuqlar tilayman!
Sherzod Mustafakulov,
Xalqaro Nordik universiteti rektori,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
3
O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN
ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
https://www.asr-conference.com/

